24 noyabr kuni Samarqand avtomobil zavodi konveyeridan 30 minginchi avtomobil chiqdi. U siqilgan gazda ishlovchi Yaponiyaning Isuzu kompaniyasi dvigateli va NPR82L shassili HC 45 rusumli avtobus bo‘ldi. Tantanali marosimda Isuzu Motors, Itochu Corporation va «O‘zavtosanoat» kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

«Model tabiiy gazda ishlovchi ekologik transportning yangi avlodini o‘zida namoyon etadi. Yevropa standartlariga javob berar ekan, u o‘zining shahar yo‘lovchi transporti segmentida eng talabgir vakillardan bo‘lishga va’da beradi», — dedi «SamAvto» bosh direktorining texnik masalalar bo‘yicha maslahatchisi Bahodir Sulaymonov.

Bugungi kunga qadar «SamAvto"da 30 mingga yaqin avtobus va yuk mashinalari, jumladan 12 ming dona 1−3-sinflarga mansub avtobuslar (shahar, shahar atrofi va turistik) ishlab chiqarildi. 2000 dan ziyod avtobuslar eksportga chiqarilgan bo‘lsa, qolgan qismi — ichki bozorda sotildi. Kelgusi yilda 4000 ga yaqin avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Bahodir Sulaymonov HC 45 modelini ishlab chiqarishda «novatorlik g‘oyalari"dan foydalanilganini ta’kidlab o‘tdi. «Aavtobusni yig‘ishni boshlaganimizda konstruktorlik bazasisiz [ishlash] har doim hamkorlar barmog‘idan ushlab turish — noto‘g‘ri yo‘l ekanini tushunib yetdik», — dedi u.

Kompaniya marketing bo‘limi boshlig‘i Munisxon Isroilova «SamAvto» so‘nggi ikki yilda o‘sib borayotgan bozor talablarini qondira olmayotganini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish rejalashtirilgan bo‘lib, bu Prezidentning 1 iyundagi qarorida ham ko‘zda tutilgan. «Biz zavod hududini kengaytirish va modellarq atorini oshirishni rejalashtirganmiz. 2018−2021 yillarga mo‘ljallangan dasturda ishlab chiqarish hajmini 5000 tadan 10 ming donagacha oshirish rejalashtirilmoqda», — dedi u.

«SamAvto» ishlanmalaridan biri — past polli LE 60 avtobusi. U O‘zbekistonning qator shaharlarida foydalanilmoqda. Bahodir Sulaymonov «Gazeta.uz» savollariga javob berar ekan, «Toshshahartransxizmat» rahbariyati ularning takliflarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilib, ijobiy natija bo‘lishidan umid bildirdi.

U SamAvto Le 60 uzoq vaqtdan buyon Toshkentda foydalanib kelinayotgan HC 40 modeliga nisbatan sezilarli darajada qimmat (267 mln so‘m o‘rniga 600 mln so‘m), biroq qator afzalliklarga ega — katta sig‘im va imkoniyati cheklangan kishilar uchun qulayliklarga ega.

Video

Foto

Model SAZ HC 45. Foto: Alisher Isroilov / O‘zA.

SAZ HC 45 avtobusi intereri.

Model SAZ LE 60.