Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari oktyabr oyida bir oy avvalgiga nisbatan 1 foizga qimmatlashib, kvadrat metri uchun 533 dan 536 sh. b. ga qimmatlashdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Oktyabr oyi yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartilar narxi 1 foizga oshib, 576 sh. b. dan 584 sh. b. ga yetgan bo‘lsa, panel turdagilari narxi o‘zgarishsiz qoldi (504). Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 522 sh. b. (o‘zgarishsiz), ikki xonali — 500 (-1 foiz), uch xonali — 563 (o‘zgarishsiz), to‘rt va undan ortiq xonali — 554 (+2 foiz).

Bu boradagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.