O‘zbekiston noyabr-dekabr oylarida 150 ming tonna shakar import qiladi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi.

Xaridlarni «O‘zbekoziqovqatxolding» tuzilmasiga kiruvchi «O‘zagroeksport», Agro Export Poytaxt va «Dehqon savdo» kompaniyalari amalga oshiradi. Hozirgacha Rossiya kompaniyalari bilan 56 ming tonna shakar xarid qilish uchun shartnomalar imzolandi.

Jumladan, «Prodimpeks» har bir tonnasi uchun 437 dollardan 50 ming tonna, «Trio XXI» — har tonnasi uchun 425 dollardan 1020 тонна va «Uvarovskiy saxarnыy zavod» — tonnasi uchun 380 dollardan 5000 тонна shakar yetkazib beradi.

Avvalroq «O‘zbekoziqovqatxolding» vakili joriy mavsumda shakar yetkazib berish hajmi o‘tgan yilgiga qaraganda ko‘proq bo‘lishini ma’lum qilgan edi. Kompaniyada ishonch bildirilishicha, barcha savdo nuqtalari kerakli miqdordagi shakar bilan ta’minlanadi.

Kuz boshlanishi bilan Toshkent aholisi muntazam ravishda yirik riteylerlarga aloqador bo‘lmagan do‘konlarda shakar taqchilligiga duch keladi.