«FONON» ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasi va Janubiy Koreyaning Hwachon Plant — Gemco kompaniyasi Toshkentda zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonani tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Seulda hujjat ostiga «FONON» bosh direktori Muxsin Ashurov va Hwachon Plant — Gemco ijrochi direktori Chol Shik Shin imzo qo‘ydi. Marosim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida bo‘lib o‘tdi.

Teng sherikchilik asosida tashkil etilayotgan QK nizom jamg‘armasi 30 mln dollarni tashkil etadi, deb xabar qildi O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifini yoritish bo‘yicha matbuot markazi «Gazeta.uz"ga.