Toshkent-Andijon pullik avtobomil yo‘lining narxi texnik-iqtisodiy tadqiqotlar va uni qurish bo‘yicha xalqaro tender asosida belgilanadi, deya ta’kidladi Jahon banki vakili «Gazeta.uz» ga bergan intervyusida. Aytilishicha, ushbu yo‘l foydalanishga topshirilganidan so‘ng Toshkentdan Andijonga sayohat vaqti taxminan 2 soatga qisqaradi.
Madaniyat vazirligi mansabdorlari tadbirkorlik sub’ektini asossiz ravishda tanlovda g‘olib sifatida ko‘rsatganligi natijasida, musiqa asboblarini haqiqiy bozor bahosidan 792,2 mln so‘mga qimmat narxda sotib olgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 2 so‘mga arzonladi va jami 10 475 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham pasaydi, yevro esa biroz qimmatladi.
“Brodvey"dagi DXXning sobiq binosi, “Malika” bozori va boshqa obyektlar, shu jumladan birinchi prezidentning qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Sijjak” dam olish zonasini sotib olishga arizalar qabuli boshlandi.
Dollarning rasmiy kursi 4 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 478 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa biroz arzonladi.
«O‘zavtosanoat» kompaniyasining Boston Consulting Group bilan hamkorlikda tashkil etilgan transformatsiya ofisi o‘z ishini boshladi. U ishlab chiqarish va biznes jarayonlarini modernizatsiya qilish hamda kompaniyani xususiylashtirish bosqichiga tayyorlashga yordam berishi kerak.
O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod energetikasini rivojlantirish maqsadida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.
7 apreldan boshlab Farg‘ona viloyatidan Rossiya Federatsiyasi hududiga pomidor va qalampirdan tashqari barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berildi.
Deputat Doniyor G‘aniyev Angrendagi shina zavodi loyihasi oxirigacha o‘ylanmagani va samarasiz faoliyat yuritayotgani masalasini ko‘tarib chiqdi. Hisob palatasi rahbari o‘rinbosari Bahodir Turobov esa mazkur loyiha bo‘yicha materiallar Prezident administratsiyasi topshirig‘i bilan huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilganini ma’lum qildi.
Dollarning rasmiy kursi 6 so‘mga arzonladi va jami 10 473 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa qimmatladi.
O‘zbekiston mahalliylashtirish dasturi hisobiga yil oxiriga qadar 3 mlrd dollarlik mahsulotlar importini qoplashni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov. Buning uchun 2300 dan ortiq loyihalarni amalga oshirish mo‘ljallangan.
«Qatar Airways» departamenti rahbari Salam Al-Samarriy aviakompaniyaning O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish va respublikaning mintaqaviy aeroportlarida joriy qilingan «ochiq osmon» rejimidan foydalanishga yuqori qiziqish bildirdi.
Qashqadaryodagi GTL texnologiyasi asosida sun’iy yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodini avgustda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 11 so‘mga qimmatladi va jami 10 479 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa yana arzonladi.
«Bu kabi integratsiya, globalizatsiya bor ekan mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash biroz qiyin», dedi O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Qoriyev YeOII integratsiyalashuvning kamchiliklari haqida. Plyus jihatlari orasida u «katta bozor», deya ta’kidladi u.
6 aprel kuni Toshkentda 35 yilga mo‘ljallangan va taxminiy qiymati 2 mlrd dollarni tashkil qiladigan «Mustaqillikning 25 yilligi» loyihasiga moliyaviy mablag‘larni jalb etish bo‘yicha shartlar belgilab olindi. Shartnoma 10 yil muddatga 900 mln AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda kredit liniyalarini jalb etish bo‘yicha imzolandi. Loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida tabiiy gaz zaxiralarini qidirish va qazib olish, hamda 5 mlrd kub metr quvvatga ega bo‘lgan gazni qayta ishlash zavodini qurish nazarda tutilgan (reklama huquqlari asosida).
Dollarning rasmiy kursi 15 so‘mga arzonladi va jami 10 468 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham arzonladi, yevro esa biroz ko‘tarildi.
Qiymati qariyb 157 mln dollar bo‘lgan «Birinchi rezinotexnika zavodi» quvvatining 15 foizida ishlamoqda. Zavod 2018 yil avgustida qurilgan, biroq sifat talabga javob bermagani uchun 100 mingta shina sotilmay qolgan, bu muddat davomida UzAuto Motors 60 mln dollarga shina sotib olgan. Parlament quyi palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov tashqi qarzlar qanchalik samarali sarflanayotganini so‘radi.
Moliya vazirligi, «O‘ztransgaz», VEB.RF va «Gazprombank» O‘zbekistonning gaz-transport tizimini modernizatsiya qilishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Loyihaga 618 mln dollargacha kredit ajratilishi mumkin.
Phanes Group xalqaro kompaniyasi Navoiy viloyatining Nurota tumanida 200 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini quradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting