Rosselxoznadzor 7 apreldan boshlab Farg‘ona viloyatidan Rossiya Federatsiyasi hududiga pomidor va qalampirdan tashqari barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berdi, deya xabar berdi Rosselxoznadzor matbuot xizmati.

Rosselxoznadzor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan yuborilgan mahsulotlarni Rossiya Federatsiyasi hududiga eksport qilishda fitosanitariya sertifikati ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar yuzasidan ushbu qarorga keldi.

Ma’lumot uchun, 2020 yil 26 noyabr kuni Farg‘ona viloyatida yetishtiriladigan pomidor va qalampir mahsulotlarini olib kirishga ta’qiq qo‘ygan edi. Ta’qiq sababi ularda karantin kasalligi tobamovirus aniqlanganligi bo‘lgan edi.

2020 yil dekabrida O‘zbekistondan Rossiyaga yetib borgan 1 tonna quritilgan quritilgan o‘riklar orasida karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizm — esa qapr qo‘ng‘izi (Trogoderma granarium Ev.) aniqlangani sababli, 11 dekabr kuni Rosselxoznadzor Farg‘ona viloyatidan barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqlagan edi.

Keyinchalik 2020 yil 18 dekabridan boshlab Rossiyaga O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidagi yettita korxonadan pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat bergan edi.

Rosselxoznadzor 2021 yil 1 yanvaridan O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan quruq mevalarni olib kirishga ruxsat bergandi.