Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 8 apreldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 11,18 so‘mga qimmatladi va 10 479,24 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 88,66 so‘mga ko‘tarildi va 12 454,58 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,92 so‘mga arzonladi va 135,05 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 15 so‘mga arzonlab, jami 10 468 so‘mni tashkil qilgandi.