Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov prezidentga taqdim etilgan, biroq IKEA tomonidan rad etilgan mebel fabrikasi qurilishi loyihasi tadbirkorlar tomonidan taklif sifatida aytilganini ma’lum qildi. IKEA kompaniyasining Turkiyadagi vakolatxonasi bilan muzokaralar olib borilgan va tomonlar dastlabki kelishuvga erishgani bois taqdimotga kiritilgan.
Qoraqalpog‘istonda quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda Saudiyaning ACWA Power energetika kompaniyasi g‘olib deb topildi. Xorijiy investitsiyalar hajmi 140 mln dollarga baholanmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 24,94 so‘mga pasayib, 10 681,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
«Pistali» konida umumiy qiymati 274 mln dollardan ziyod bo‘lgan, tarkibida oltin bo‘lgan ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish loyihasi «Navoiy KMK» tomonidan amalga oshiriladi.
DSQ ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi uch yilda 6,7 trln so‘m soliqlarni to‘lamaslik maqsadida 3500 ta kompaniya bankrotlik asosida tugatilgan. Ushbu korxonalar ta’sischilari yangidan korxonalar tashkil etishda davom etmoqda.
O‘zbekistonda elektromobillarni sotib olishda va vaqtincha olib kirishda avtotransport yig‘imi bekor qilindi. Soliq kodeksining 459-moddasi ushbu yangi tartibni ko‘zda tutgan 9-band bilan to‘ldirilmoqda.
Prezident Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari foyda solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
Qat’iy belgilangan miqdordagi JSHODS to‘lovchisi bo‘lgan yakka tadbirkorlar soliq hisobotini topshirmaydi. YATTlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 2 martaga qisqaradi. 2022 yildan Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi joriy etiladi.
Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov QQSni 12 foiz, foyda solig‘ini 15 foizga tushirish budjet daromadlari shakllanishida katta yo‘qotishlarga olib kelmasligini ma’lum qildi. U kamaygan soliq tushumlarining o‘rnini qoplash bo‘yicha istiqboldagi rejalarga to‘xtaldi.
Mart oyidan buyon budjetga yo‘l kameralari va radarlari o‘rnatish uchastkalarini sotishdan qariyb 87 mlrd so‘m kelib tushdi.
Prezident Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining ba’zi tumanlarida soliq solishning alohida tartibini nazarda tutuvchi soliq rejimi kiritildi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 19,38 so‘mga ko‘tarilib, 10 706,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Prezidenti farmoniga muvofiq, ayrim shartnomalarni tuzishda o‘rnatilgan sun’iy cheklovlar olib tashlanmoqda. Jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz berish va qaytarishga ruxsat beriladi. Shuningdek, 2022−2023 o‘quv yilidan OTMda o‘qitish bo‘yicha shartnomalar elektron shaklda tuziladi.
Prezident qarori bilan maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga ortiqcha QQS summasi 7 kun ichida qoplab berilishi belgilandi. Shuningdek 15 sentabrdan boshlab ularga mahsulot ishlab chiqarishda va o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan materiallarni import qilganda QQS va bojxona bojini foizlar hisoblanmagan holda 120 kungacha muddatga kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev 2023 yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasini 5% gacha pasaytirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni sanab o‘tdi. Ular — milliy valyuta barqarorligi, mehnat unumdorligi va raqobat darajasini oshirish hamda narxlarni erkinlashtirish.
Jurabek Laboratories kompaniyasi Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini seriyali ishlab chiqarishni boshladi. Kompaniya vakilining aytishicha, preparat ichki bozorga oktabr oyida chiqadi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 34,93 so‘mga ko‘tarilib, 10 686,62 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 4,22 so‘mga pasayib, 10 651,69 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
Avgust oyida Toshkent shahridagi ikkilamchi bozorda turar joy narxlari har kvadrat metr uchun o‘rtacha 7,5 mln so‘mni tashkil qildi, birlamchi bozorda — 8,4 mln so‘m.
Yanvar-iyul holatiga respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2020 yilning mos davriga nisbatan salkam 2 mlrd dollarga yoki 10,1% ga ko‘payib, qariyb 21,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Tashqi savdoda 5,3 mlrd dollar qiymatida passiv balans kuzatildi. 20 ta yirik hamkor davlatlar orasidan faqatgina Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya bilan faol tashqi savdo balansi saqlanib qolgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting