Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkentdagi Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq markaziy binosini sotib olishga arizalar qabuli boshlangani to‘g‘risida xabar qildi.

Gap shahar markazida, Yunusobod tumanidagi Sayilgoh ko‘chasida joylashgan “Markaziy bino” haqida ketmoqda. Obyekt xususiy tadbirkorlarga sotilayotgan 15 ta davlat aktivi ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Foto: DABA.

Yer uchastkasining umumiy maydoni 2,2 gektar, bino va inshootlarning maydoni 40 243 kv. m, bino maydoni — 9376 kv. m, kommunikatsiya tarmoqlari (suv, gaz, elektr, issiqlik) mavjud.

Mazkur obyektdan kelgusida ofis, savdo, savdo-ko‘ngilochar, madaniy-xordiq, sport, turistik va boshqa xizmatlar ko‘rsatish faoliyati yo‘nalishlaridan biri yoki bir nechtasini amalga oshirilishi talab etiladi.

Davlat aktivlarini boshqalari agentligi binoning 360 darajalik panorama tasvirlarini ham taqdim etdi.

Fevral oyida Toshkentda Diplomat university xususiy universiteti ochilishi, uning DXX sobiq binosiga joylashishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.

Foto: DABA.

Avvalroq DABA quyidagi obyektlarning ham ochiq savdolarga qo‘yilgani haqida xabar bergan edi (havolalar orqali panorama tasvirlarini tomosha qilish mumkin):

  1. “Poytaxt” biznes markazi;
  2. “Ichan Qal’a” mehmonxonasi;
  3. “Bildirsoy” dam olish zonasi;
  4. “Sijjak” damo olish zonasi;
  5. “Qizil suv” dam olish zonasi;
  6. “Malika” savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi;
  7. Gazeta ishlab chiqarish majmusi binosi;
  8. Respublika birjasining sobiq binosi.

Foto: DABA.