Iqtisodiyot

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi bor arzonlamoqda
2 mart 2021, 16:40

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi bor arzonlamoqda

Dollarning rasmiy kursi 17 so‘mga arzonladi va jami 10 500 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun arzonlamoqda
1 mart 2021, 16:40

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun arzonlamoqda

Dollarning rasmiy kursi 8 so‘mga arzonladi va jami 10 517 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz pasaydi, rubl esa biroz ko‘tarildi.

«Yevrotsement» kompaniyasi «Oxangaronsement»dagi aksiyalarini sotadi
1 mart 2021, 16:04

«Yevrotsement» kompaniyasi «Oxangaronsement»dagi aksiyalarini sotadi

«Yevrotsement» Rossiya xoldingi «Oxangaronsement»ni sotishni rejalashtirgan. Kelishuvning umumiy miqdori 429 mlrd so‘mni tashkil etishi mumkin.

Kumushni zargarlarga birja orqali sotish yo‘lga qo‘yiladi
1 mart 2021, 12:06

Kumushni zargarlarga birja orqali sotish yo‘lga qo‘yiladi

1-martdan boshlab “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK tomonidan kumushni birja orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi joriy etiladi.

O‘zbekiston olma importini 8,5 baravarga oshirdi, eksport esa 61 foizga tushdi
27 fevral 2021, 16:42

O‘zbekiston olma importini 8,5 baravarga oshirdi, eksport esa 61 foizga tushdi

O‘zbekiston 2020-yilda olma importini 8,5 baravar — 8876 tonnagacha oshirdi. Eng ko‘p yetkazib berish Qirg‘iziston, Xitoy va Eron davlatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Eksport esa 61,8 foiz — 49,9 mingdan 19 minggacha kamaydi. Ekcportning pasayishi, asosan, Qozog‘istonga bog‘liq.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi asosiy muammolar sanab o‘tildi
26 fevral 2021, 18:46

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi asosiy muammolar sanab o‘tildi

Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining ta’kidlashicha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi asosiy muammolar — qulay investitsiya muhitining yo‘qligi, xususiy mulk huquqlarini tartibga solish va himoya qilish sohasining nomukammalligi bo‘lib turibdi. Amaldagi investitsiya tendensiyalarining shunday davom etishi iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishishni sekinlashtirishi mumkin.

Dollarning rasmiy kursi yana arzonladi
26 fevral 2021, 16:35

Dollarning rasmiy kursi yana arzonladi

Dollarning rasmiy kursi 13 so‘mga arzonladi va jami 10 525 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi
26 fevral 2021, 16:33

“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi

Prezident yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi qonunga imzo chekdi. Unga muvofiq, auditorlik faoliyat litsenziyalanadigan faoliyat turlari tarkibidan chiqarildi. Endi ushbu faoliyat faqat Auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiriladi.

Dollarning rasmiy kursi arzonladi
25 fevral 2021, 16:55

Dollarning rasmiy kursi arzonladi

Dollarning rasmiy kursi 15 so‘mga arzonladi va jami 10 538 so‘m etib belgilandi. Rubl kursi ham biroz pasaydi, yevro esa qimmatladi.

“Bu koronavirusdan battar” — Sherzod Kudbiyev “obnalchi”lar haqida
25 fevral 2021, 11:34

“Bu koronavirusdan battar” — Sherzod Kudbiyev “obnalchi"lar haqida

“„Obnalchi“ halol tadbirkorning birinchi va yagona dushmani. U davlatni, jamiyatni aldaydi”, — dedi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev. Davlat soliq qo‘mitasi rahbari QQS bilan hisob-kitoblarni bekor qilish bo‘yicha yangi to‘lqin kutilayotganidan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “obnalchi” firmalarning umri keskin qisqardi.

Internet savdogarlar o‘z faoliyati boshlagani to‘g‘risida soliq organlariga xabar berishi majburiy qilinishi mumkin
24 fevral 2021, 18:07 1

Internet savdogarlar o‘z faoliyati boshlagani to‘g‘risida soliq organlariga xabar berishi majburiy qilinishi mumkin

O‘zbekistonda 1 apreldan boshlab internet (shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar) orqali savdo qiladiganlar ish boshlagani to‘g‘risida soliq organlariga xabar berishlari va maxsus raqamli kodlarni olishlari shart bo‘ladi. Ushbu tartib soliq yig‘imini 196 mlrd so‘mga oshirishi kutilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
24 fevral 2021, 16:13

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 11 so‘mga qimmatladi va jami 10 554 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz qimmatladi.

Yanvar oyida Xitoy O‘zbekiston importida ham, eksportida ham yetakchi bo‘ldi
24 fevral 2021, 15:49

Yanvar oyida Xitoy O‘zbekiston importida ham, eksportida ham yetakchi bo‘ldi

O‘zbekiston eksportida Xitoy yetakchi bo‘lib, yanvar oyida umumiy eksport xajmi 147 mln dollarni tashkil etgan. Xitoy, shuningdek, O‘zbekiston importida ham yetakchi o‘rinni yegallagan — import xajmi 337,2 mln dollar.

Misrning Solyphar kompaniyasi Toshkent viloyatida dori zavodi quradi
24 fevral 2021, 12:31

Misrning Solyphar kompaniyasi Toshkent viloyatida dori zavodi quradi

Toshkent viloyatida Misrning Solyphar kompaniyasi yangi farmatsevtika zavodini quradi. 20 mln dollarlik investitsiya kiritilib, 120 turdagi dori mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Dollarning rasmiy kursi arzonladi
23 fevral 2021, 16:23

Dollarning rasmiy kursi arzonladi

Dollarning rasmiy kursi 7 so‘mga arzonladi va jami 10 542 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz qimmatladi.

Toshkent viloyatida noqonuniy qurilayotgan ob’ektlar aniqlandi
23 fevral 2021, 10:32

Toshkent viloyatida noqonuniy qurilayotgan ob’ektlar aniqlandi

Qurilish vazirligi Toshkent viloyatida turar-joy binolari, savdo majmuasi va bojxona terminalini noqonuniy qurayotgan kompaniyalar to‘g‘risida xabar berdi. Barcha ishlar bo‘yicha materiallar sudga yuborilganiga va ishlab chiquvchilar ma’muriy javobgarlikka tortilganiga qaramay, qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

DSQ qariyb 500 mlrd so‘mlik «soxta» operatsiyalarni aniqladi
22 fevral 2021, 23:38

DSQ qariyb 500 mlrd so‘mlik «soxta» operatsiyalarni aniqladi

«Naqdlashtiruvchi firmalar» bilan vaziyatni o‘rganish doirasida soliq organlari mamlakat bo‘ylab 2534 ta korxonada kameral tekshiruvlarini o‘tkazdi. Natijada 2238 ta korxonada 498,9 mlrd so‘m miqdoridagi «soxta» operatsiyalar aniqlandi.

O‘zbekiston 3 yil ichida ilk bor yanvar oyida oltin sotmadi
22 fevral 2021, 18:37

O‘zbekiston 3 yil ichida ilk bor yanvar oyida oltin sotmadi

O‘zbekiston besh oydan beri oltin eksport qilmagan, ya’ni mamlakat so‘nggi marta 2020 yil avgustida oltin sotgan. Yanvar oyida asosiy eksport sanoat, oziq-ovqat mahsulotlari va kimyoviy moddalar bo‘ldi.

Jizzaxda uchta kompaniya avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
22 fevral 2021, 17:52

Jizzaxda uchta kompaniya avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

2021−2022 yillarda Jizzaxda avtomobil sohasida 277 mln dollarlik uchta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda ADM Jizzakh tomonidan yengil avtomobillar, ikkinchi bosqichda Jizzax avtomobil zavodi tomonidan Volkswagen tijoriy avtomobillari, uchinchi bosqichda esa Auto Motors Asia tomonidan tijoriy va yuk avtolarini ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
22 fevral 2021, 16:37

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 17 so‘mga qimmatladi va jami 10 549 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting