O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Qatar davlati aviatsiya idoralari delegatsiyasini qabul qildi, deya xabar berdi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.

Qatar tomoni O‘zbekiston hukumatining hududiy aeroportlarda «ochiq osmon» rejimini joriy qilinishi, xorijiy aviakompaniyalar tomonidan charter reyslarini tashkil etishni rag‘batlantirish maqsadida «cash-back» mexanizmlarini qo‘llash kabi aviatsiya bozorini liberallashtirish bo‘yicha qarorlari bilan tanishtirildi.

«Qatar Airways» departamenti rahbari Salam Al-Samarriy aviakompaniyaning O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish va respublikaning mintaqaviy aeroportlarida joriy qilingan «ochiq osmon» rejimidan foydalanishga, jumladan, Fors ko‘rfazining boshqa mamlakatlaridan ham sayyohlarni jalb qilishga yuqori qiziqish bildirdi.