Iqtisodiyot

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
30 aprel 2021, 16:55

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 14 so‘mga qimmatladi va jami 10 523 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz arzonladi.

O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i importi QQSdan ozod qilindi, eskport cheklandi
30 aprel 2021, 16:53

O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i importi QQSdan ozod qilindi, eskport cheklandi

Prezident o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danaginining importini QQSdan ozod qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Shu bilan birga, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan eksport bojxona bojlari kiritilmoqda.

O‘zbekistonda kamida ikkita yangi aviakompaniya paydo bo‘ladi — transport vaziri
30 aprel 2021, 16:11

O‘zbekistonda kamida ikkita yangi aviakompaniya paydo bo‘ladi — transport vaziri

Yil oxiriga qadar O‘zbekistonda kamida ikkita yangi aviakompaniya tashkil etilishi kutilmoqda, deya ma’lum qildi transport vaziri va Uzbekistan Airways rahbari Ilxom Maxkamov. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyalar allaqachon fuqarolik aviatsiyasi agentligiga ariza topshirishgan va lizing asosida samolyotlarni sotib olish ustida ish olib borishmoqda. Aviakompaniyalardan biri Air Marakanda bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda kriptobirjalarda savdo qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda
30 aprel 2021, 10:24

O‘zbekistonda kriptobirjalarda savdo qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda

O‘zbekiston fuqarolariga kripto-birjalarda kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barcha turlarini milliy va chet el valyutasida amalga oshirishga ruxsat berilishi mumkin.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaymoqda
29 aprel 2021, 16:46

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaymoqda

Dollarning rasmiy kursi 6 so‘mga arzonladi va jami 10 509 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.

O‘zbekiston va Ukraina may oyida aviaqatnovlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda
28 aprel 2021, 23:07

O‘zbekiston va Ukraina may oyida aviaqatnovlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda

May oyida O‘zbekiston va Ukraina to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Uning so‘zlariga ko‘ra, haftasiga 2−3 ta reys amalga oshiriladi. Vazir Yevropa va Osiyoning bir qator davlatlariga reyslar bekor qilinganiga ham izoh berdi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
28 aprel 2021, 16:42

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 14 so‘mga arzonladi va jami 10 515 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa ko‘tarildi.

UzAuto Motors o‘zining ilk yevroobligatsiyalarini London fond birjasida joylashtirdi
28 aprel 2021, 14:58

UzAuto Motors o‘zining ilk yevroobligatsiyalarini London fond birjasida joylashtirdi

UzAuto Motors London fond birjasida o‘zining birinchi xalqaro evrobondlarini chiqardi. Buyurtmalar hajmi 1,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Obligatsiyalar Buyuk Britaniya, AQSH va Germaniyaning 130 ga yaqin investorlari o‘rtasida taqsimlandi.

Farg‘onada elektromobillar yig‘ilishi rejalashtirilgan
28 aprel 2021, 14:01

Farg‘onada elektromobillar yig‘ilishi rejalashtirilgan

Farg‘onada yil oxirigacha elektromobillarni yig‘ish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. 520 mlrd so‘mlik qiymatga ega investitsion loyiha prezident ishtirokidagi yig‘ilishda taqdim etildi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
27 aprel 2021, 16:18

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 18 so‘mga arzonladi va jami 10 529 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

Qanot Sharq ilk samolyotini qabul qilib oldi
26 aprel 2021, 19:10

Qanot Sharq ilk samolyotini qabul qilib oldi

Qanot Sharq xususiy aviakompaniyasi birinchi Airbus A320 samolyotini qabul qilib oldi. Bir oy ichida yana bir xuddi shunday bortning yetib kelishi kutilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
26 aprel 2021, 16:17

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 8 so‘mga qimmatladi va jami 10 548 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Senat o‘simlik yog‘i importiga QQSni bekor qilishni ma’qulladi. Byudjetga 267 mlrd so‘m tushmaydi.
24 aprel 2021, 16:15

Senat o‘simlik yog‘i importiga QQSni bekor qilishni ma’qulladi. Byudjetga 267 mlrd so‘m tushmaydi.

Senatorlar o‘simlik yog‘i, kungaboqar, zig‘ir va soya urug‘i importiga QQSni bekor qilishni ma’qulladi. Bundan tashqari, kungaboqar va paxta yog‘i hamda ularning urug‘lariga eksport bojlari joriy etiladi. Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov soliq imtiyozlari sababli byudjetga 267 mlrd so‘mlik tushum bo‘lmasligini hamda yo‘qotish o‘rni qanday qoplanishini ma’lum qildi.

O‘simlik yog‘i importini QQSdan ozod qilish va uning eksportini cheklash taklif qilindi
23 aprel 2021, 21:47

O‘simlik yog‘i importini QQSdan ozod qilish va uning eksportini cheklash taklif qilindi

Qonunchilik palatasi yil oxirigacha o‘simlik yog‘i va kungaboqar urug‘i importiga hamda ichki bozorda realizatsiyasiga belgilangan QQSni bekor qilish bo‘yicha Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilib, Senatga yubordi. Hukumat ham o‘z choralarini ishlab chiqmoqda.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
23 aprel 2021, 16:17

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 4 so‘mga qimmatladi va jami 10 539 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

O‘tgan yili 301 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingan — Tanzila Narbayeva
23 aprel 2021, 15:31

O‘tgan yili 301 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingan — Tanzila Narbayeva

2020 yilda 2,5 mingdan ziyod byudjet muassasasida 301 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingan. Qurilish sohasida 124 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 41 ta va ta’lim sohasida 81 ta korrupsiyaviy omillar aniqlandi. Karantin muassasalarini qurishda 367 mlrd so‘mdan ziyod moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

«14 ta kvartira, 43 ta mashina, 172 ta do‘kon». Bosh prokuror — sobiq hokim o‘rinbosari va uning sheriklarining undirilgan mulki haqida
23 aprel 2021, 13:41

«14 ta kvartira, 43 ta mashina, 172 ta do‘kon». Bosh prokuror — sobiq hokim o‘rinbosari va uning sheriklarining undirilgan mulki haqida

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulovga tegishli korxonalarda 12 mlrd so‘m,172 ta do‘kon, ko‘p qavatli uylardagi 14 ta xonadon, 43 ta avtomashina va boshqa ko‘chmas mulklar zararni undirish uchun xatlanganini ma’lum qildi. Sobiq hokim o‘rinbosari va yana 10 kishi hibsga olingan.

Xizmatlar bozorini rivojlantirishga 500 mln dollar ajratiladi — prezident
22 aprel 2021, 18:41

Xizmatlar bozorini rivojlantirishga 500 mln dollar ajratiladi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda xizmatlar bozorini rivojlantirishga 500 mln dollar ajratilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, davlat tomonidan tijorat banklari orqali qo‘shimcha 300 mln dollar, shundan 1 iyulgacha 150 mln dollar ajratiladi.

Makro Toshkentdagi Compass savdo-ko‘ngilochar markazidan chiqib ketdi
22 aprel 2021, 17:50

Makro Toshkentdagi Compass savdo-ko‘ngilochar markazidan chiqib ketdi

Makro Toshkent shahridagi Compass savdo-ko‘ngilochar markazida joylashgan do‘konini sotdi. Endi u yerda Carrefour brendi ostida gipermarket ochilishi kutilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
22 aprel 2021, 16:17

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 16,77 so‘mga arzonladi va jami 10 535,24 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting