Iqtisodiyot

Toshkentdagi uchta yo‘l o‘tkazgich va yo‘llar qurilish qiymati 49 mln dollarga ko‘tarildi
22 may 2021, 19:22

Toshkentdagi uchta yo‘l o‘tkazgich va yo‘llar qurilish qiymati 49 mln dollarga ko‘tarildi

Toshkentning Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘laydigan olti qatorli avtoyo‘l va uchta yo‘l o‘tkazgich qurilishi qiymati 280 mlrd so‘mdan 518,3 mldr so‘mgacha oshirildi. Qurilish ishlari Grand Road Tashkent tomonidan olib boriladi. Hukumat loyihani tendersiz o‘tkazishga ruxsat berdi.

4 oyda O‘zbekistonga 156 ta elektromobil olib kirildi. Bu 2020 yilgi jami ko‘rsatkichdan ham ko‘p
22 may 2021, 12:18

4 oyda O‘zbekistonga 156 ta elektromobil olib kirildi. Bu 2020 yilgi jami ko‘rsatkichdan ham ko‘p

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga 156 ta elektromobil import qilindi — bu 2020 yilgi jami ko‘rsatkichdan ham ko‘proq va 2019 yilga qaraganda to‘rt baravarga ortgan. Ularning ko‘p qismi Xitoydan keltirilgan.

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi
21 may 2021, 21:56

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi

To‘rt oy davomida tashqi savdo aylanmasi 3,5 foizga kamayib, 10,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksport 19,1 foizga — 3,5 mlrd dollargacha qisqardi, biroq oltin hisobga olinmagan eksport hajmi 26,7 foizga o‘sdi. Import 7 foizga — 4,7 foizgacha o‘sdi. O‘zbekiston rangli metallar, to‘qimachilik mahsulotlari va avtomobillar eksportini hamda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar importini keskin oshirdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
21 may 2021, 21:41

Jahon yangiliklari dayjesti

Avstraliyaning 45 shahrida iqlim o‘zgarishlariga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgani, Ilon Maskning xalqaro oy bazasini yaratishni taklif qilgani, Tailandda favqulodda holatning 31 iyulgacha uzaytirilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Dollarning rasmiy kursi sakkiz kunlik ko‘tarilishdan so‘ng biroz pasaydi
21 may 2021, 16:15

Dollarning rasmiy kursi sakkiz kunlik ko‘tarilishdan so‘ng biroz pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 19,47 so‘mga pasaydi va jami 10 578,28 so‘m etib belgilangan. Shuningdek, rubl va yevro kursi esa biroz ko‘tarilgan.

Navoiylik tadbirkorlarga bepul dastgoh va maxsus texnikalar topshirildi
21 may 2021, 13:32

Navoiylik tadbirkorlarga bepul dastgoh va maxsus texnikalar topshirildi

Navoiy viloyatida tadbirkorlarga BMTTDning texnik ko‘magi asosida yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish yoki mavjdudlarini kengaytirishlari uchun 37 dona ishlab chiqarish dastgohlari va maxsus texnikalar topshirildi.

«Poytaxt Bank» va «O‘zagroeksportbank» xususiylashtiriladi
21 may 2021, 12:51

«Poytaxt Bank» va «O‘zagroeksportbank» xususiylashtiriladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Poytaxt Bank» va «O‘zagroeksportbank» ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari sotilayotganini e’lon qildi. Xalqaro Deloitte va Grant Thornton konsalting kompaniyalari xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida tanlandi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-keta sakkizinchi bor ko‘tarilmoqda
20 may 2021, 16:27

Dollarning rasmiy kursi ketma-keta sakkizinchi bor ko‘tarilmoqda

Dollarning rasmiy kursi 11,75 so‘mga qimmatladi va jami 10 597,75 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ko‘tarilgan, yevro esa biroz pasaygan.

Prezident “Российские железные дороги” bosh direktorini qabul qildi
19 may 2021, 21:31

Prezident “Российские железные дороги” bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti va RJD bosh direktori “Mozori Sharif — Kobul — Peshovar” temir yo‘lini qurish loyihasini birgalikda ilgari surish masalasini muhokama qildi. RJD temir yo‘llar qurilishlariga o‘zbekistonlik ishchilarni jalb qilishga tayyorligini bildirdi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-keta yettinchi bor ko‘tarilmoqda
19 may 2021, 16:08

Dollarning rasmiy kursi ketma-keta yettinchi bor ko‘tarilmoqda

Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga qimmatladi va jami 10 586 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarilgan.

Aprelda avtomobillarga talab qanday o‘zgardi
19 may 2021, 08:12

Aprelda avtomobillarga talab qanday o‘zgardi

Avtomobil bozoridagi talab aprel oyida martga nisbatan 14,1 foizga oshib, o‘sishda davom etdi. Shartnomalar soni ortadi, biroq narxlarning keskin ko‘tarilishi kutilayotgani yo‘q. Ilk bor xorij avtolari haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

Elektromobillarni olib kirish uchun yig‘imni bekor qilish ma’qullandi
18 may 2021, 18:59

Elektromobillarni olib kirish uchun yig‘imni bekor qilish ma’qullandi

Elektromobillarni sotib olish va (yoki) O‘zbekiston hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘im bekor qilinadi. Qonunchilik palatasi Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qonun loyihasini qabul qildi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-keta oltinchi bor ko‘tarilmoqda
18 may 2021, 16:12

Dollarning rasmiy kursi ketma-keta oltinchi bor ko‘tarilmoqda

Dollarning rasmiy kursi 10,89 so‘mga qimmatladi va jami 10 577 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarilgan.

Hokimning «mahfiy» qarori tufayli tadbirkorga tovon puli to‘lab berilmadi
18 may 2021, 15:23

Hokimning «mahfiy» qarori tufayli tadbirkorga tovon puli to‘lab berilmadi

Toshkentning tuman hokimi «mahfiy» qaroriga binoan tadbirkor yer uchastkasini olib qo‘yilishi munosabati bilan o‘z savdo ob’ektidan mahrum bo‘ldi, deya ma’lum qildi biznes ombudsman. Sud poytaxt hokimiyatiga buzilgan inshoot uchun tadbirkorga tovon puli to‘lash majburiyatini yukladi.

Jahon banki suv ta’minoti va innovatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi
18 may 2021, 10:56

Jahon banki suv ta’minoti va innovatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekiston va Jahon banki «O‘zbekistonda suv ta’minoti xizmatlari sektorini rivojlantirish va uni institutsional qo‘llab-quvvatlash» va «Milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish» loyihalari bo‘yicha bitimlarni imzoladi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 9 mln dollar foyda ko‘rdi (aniqlashtirildi)
17 may 2021, 17:59

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 9 mln dollar foyda ko‘rdi (aniqlashtirildi)

2021 yilning birinchi choragida «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning sof foydasi pasayib, 95,69 mlrd so‘mni (9 mln dollar atrofida) tashkil etdi. 2020 yilda kompaniya 352,7 milliard so‘m zarar ko‘rdi, garchi bir yil oldin foyda 850 milliard so‘mdan oshgan bo‘lsa.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi bor ko‘tarilmoqda
17 may 2021, 16:12

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi bor ko‘tarilmoqda

Dollarning rasmiy kursi 15,27 so‘mga qimmatladi va jami 10 566,11 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarilgan.

Kartellar: O‘zbekiston bozorlaridagi raqobat illyuziyasi yoxud yashirin monopoliyalar haqida
16 may 2021, 10:12

Kartellar: O‘zbekiston bozorlaridagi raqobat illyuziyasi yoxud yashirin monopoliyalar haqida

Nima uchun bozorda bir nechta raqobatchi tadbirkorlar bo‘lishiga qaramay, narxlar hamon o‘sishda davom etmoqda? Bu faqat tabiiy iqtisodiy omillar bilan bog‘liqmi yoki buning sun’iy sabablari ham bormi? Toshkent davlat yuridik universiteti «Biznes huquqi» kafedrasi mudiri Xusain Radjapov muammoga aniqlik kiritadi.

Masdar Surxondaryoda fotoelektr stansiyasini qurish uchun eng jozibador tarifni taklif qildi
16 may 2021, 01:50

Masdar Surxondaryoda fotoelektr stansiyasini qurish uchun eng jozibador tarifni taklif qildi

Amirlikning Masdar Surxondaryoda quriladigan fotoelektr stansiya qurilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda eng jozibador tarifni bildirdi. Tender g‘olibi bo‘ladigan investor shuningdek, 200 kV bo‘lgan yangi podstansiya hamda 52 km uzunlikdagi elektr o‘tkazuvchi liniyani qurishi lozim bo‘ladi.

Chigitning birja narxlari tushishi ortidan paxta yog‘i ham arzonlashdi
12 may 2021, 21:39

Chigitning birja narxlari tushishi ortidan paxta yog‘i ham arzonlashdi

Texnik chigit narxining 31,2 foizga arzonlashuvi paxta yog‘ining birjadagi narxlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bunga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi birjada texnik chigit narxini sun’iy ravishda oshirganlik alomati bilan 24 ta paxta klasteriga qarshi ish qo‘zg‘atgani ham sabab bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting