Oliy Majlis Senati 24 aprel kuni 14-yalpi majlisida Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Hujjat ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilishni nazarda tutadi, deya xabar berdi «Gazeta.uz» muxbiri.

Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i iste’moli hajmi yiliga 460 ming tonnani tashkil etishi, uning yarmi import hisobiga qoplanishini ma’lum qildi.

U jahon bozorida o‘simlik yog‘i narxi yil davomida 86 foizga, yil boshidan buyon esa 21 foizga qimmatlashganini ta’kidladi.

Qonun bilan Soliq кодексининг 483-moddasiga (vaqtinchalik soliq imtiyozlari) o‘zgartish kiritilmoqda.

Jumladan, 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda:

  • o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek, soya danagi importi;
  • o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha mablag‘lar aylanmasi QQSdan ozod qilinmoqda.

Bundan tashqari:

  • kungaboqar va paxta urug‘iga — bojxona qiymatining 30 foizi, biroq 1 kg uchun 0,2 dollardan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • kungaboqar yog‘iga — 20 foiz, biroq 1 kg uchun 0,2 dollardan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • paxta yog‘iga — 50 foiz, biroq 1 kg uchun 0,5 dollardan kam bo‘lmagan miqdorda eksport boji joriy etilmoqda.

Dastlab Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun loyihasida import qilingan kungaboqar urug‘larini qayta ishlash natijasida olingan o‘simlik yog‘i va paxta yog‘iga eksport boji o‘rniga eksportni 50 foizgacha qisqartirish taklif qilingan edi.

Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov o‘simlik yog‘i QQSdan ozod qilinishi natijasida byudjetga 267 mlrd so‘mlik tushum tushmasligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, soliq ma’murchiligini yaxshilash va qo‘shimcha manbalar qidirish hisobiga QQSdan soliqlar tushumi 200 mlrd so‘mga oshiriladi.

2021 yil 1 yanvardan O‘zbekiston 73 nomdagi tovar importiga aksiz soliqlarini bekor qilgan edi. Gap Bularga oziq-ovqat mahsulotlari (20 turdagi tovarlar — sharbatlar, pishloq, tvorog, margarin, unli qandolat mahsulotlari, kolbasa va shu kabi go‘sht mahsulotlari), elektrotexnika (35 turdagi mahsulotlar — muzlatgichlar, televizorlar, gaz plitalari, changyutgichlar, kir yuvish mashinalari) va boshqalar haqida ketmoqda.

Dilshod Sultonov bu qonuniy import uchun sharoit yaratdi va qo‘shimcha 235 mlrd so‘m yig‘iga imkon berdi. Yil oxiriga qadar mazkur ko‘rsatkichning 1 trln so‘mgacha oshishi kutilmoqda.

Moliya vaziri o‘rinbosari ushbu ikki manba hisobiga o‘simlik yog‘i importiga QQS bekor qilinishi sababli byudjetga tushmaydigan mablag‘lar o‘rni qoplanadi.

Avvalroq Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev hukumat o‘simlik moyi bozoriga markazlashgan aralashuv va import uchun transport xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan edi.

Qonun kuchga kirishi uchun u prezident tomonidan imzolanishi lozim.