Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 27 apreldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 8,66 so‘mga qimmatladi va 10 548,18 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 51,58 so‘mga ko‘tarildi va 12 760,13 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,63 so‘mga qimmatladi va 140,81 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 4 so‘mga qimmatlab, jami 10 539 so‘mni tashkil qilgandi.