Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 3 maydan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 13,89 so‘mga qimmatladi va 10 523,00 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 7,37 so‘mga arzonladi va 12 728,62 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,07 so‘mga pasaydi va 140,44 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 6 so‘mga arzonlab, jami 10 509 so‘mni tashkil qilgandi.