Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi kutilmoqda. Bu haqda tegishli qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, amaldagi qonun o‘zgartirilib, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari tomonidan emissiya qilingan tokenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, chiqarish yoki aylantirishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari kripto-birjalarda kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barcha turlarini milliy va chet el valyutasida amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Bunda, «sotib olish ob’ekti sifatida kripto-aktivlarni tanlash va bu tanlovning tegishli oqibatlari sotib oluvchining o‘z tavakkalchiligidir».