Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 23 apreldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 16,77 so‘mga arzonladi va 10 535,24 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 16,74 so‘mga qimmatladi va 12 686,54 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,12 so‘mga qimmatladi va 138,23 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 14 so‘mga qimmatlab, jami 10 552 so‘mni tashkil qilgandi.