Makro Toshkent shahridagi Compass savdo-ko‘ngilochar markazida joylashgan do‘konini sotdi, deya xabar berdi Spot.uz. Ma’lum qilinishicha, endi u yerda Carrefour do‘koni joylashadi.

Bu O‘zbekistondagi ilk 7500 kvadrat metr maydonga ega Makro City gipermarketi gipermarketi edi. Makro Compass’da ushbu savdo-ko‘ngilochar markazi ochilganidan, ya’ni 2018 yildan beri ishlayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makro rasman Samarqand Darvoza`dan chiqib ketgani haqida xabar bergandik. Samarqand Darvoza`da ham Carrefour ostida supermarket ochilishi kutilmoqda.

Yil boshida O‘zbekistondagi Carrefour brendini boshqaradigan Majid Al Futtaim kompaniyasi Samarqand Darvoza`da Makro o‘rnida supermarket ochishni e’lon qilganida Makro supermarketlar tarmog‘i boshqaruvchisi Roman Sayfulin buni «syupriz» deb atagan edi.