Iqtisodiyot

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi marta pasaydi
6 may 2021, 16:34

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi marta pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 7 so‘mga arzonladi va jami 10 493 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.

2020 yilda eng ko‘p zarar va eng ko‘p foyda ko‘rgan davlat korxonalari
6 may 2021, 11:11

2020 yilda eng ko‘p zarar va eng ko‘p foyda ko‘rgan davlat korxonalari

«O‘ztransgaz» 2020 yilda 3,5 trln so‘mlik zarar bilan yilning eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat korxonasi bo‘ldi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati esa eng ko‘p foyda ko‘rgan davlat korxonasi bo‘ldi.

Kungaboqar yog‘ining bojxona omborlarida to‘planishi sun’iy taqchillikni keltirib chiqarishi mumkin — ITIM
5 may 2021, 22:05

Kungaboqar yog‘ining bojxona omborlarida to‘planishi sun’iy taqchillikni keltirib chiqarishi mumkin — ITIM

O‘simlik yog‘i importiga QQSning bekor qilinishi arafasida bojxona omborlaridagi kungaboqar yog‘i hajmi bir hafta ichida 3500 tonnadan 6500 tonnaga ko‘paydi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bu sun’iy taqchillikni keltirib chiqarib, narxlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
5 may 2021, 17:16

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga arzonladi va jami 10 501 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz pasaydi, rubl esa yana ko‘tarildi.

Uzbekistan Airways oltinchi Dreamliner’ni qabul qilib oldi
5 may 2021, 14:37

Uzbekistan Airways oltinchi Dreamliner’ni qabul qilib oldi

Toshkentga AQSHdagi Boeing zavodidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys bilan Uzbekistan Airways’ning oltinchi Dreamliner’i yetib keldi. Ushbu samolet orqali Orolbo‘yi hududlari uchun 3 mln dollarlik gumanitar yetkazib berildi. Shuningdek, Boeing kompaniyasi 100 ming dollarlik xayriya qildi.

Pensiya va nafaqalarni tarqatish huquqi turli banklarga beriladi
5 may 2021, 09:27

Pensiya va nafaqalarni tarqatish huquqi turli banklarga beriladi

Keyingi yildan boshlab pensiya va nafaqalarni tarqatadigan banklar tender orqali tanlanadi. Ular pensiyalarni naqd pulda berishlari kerak bo‘ladi. Pensiyalarni tayinlash uchun faqat pasport (ID-karta) talab qilinadi.

O‘zbekiston va YeIK iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi
4 may 2021, 17:03

O‘zbekiston va YeIK iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, bojxona va texnik jihatdan tartibga solish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va boshqalarga qaratilgan Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
4 may 2021, 16:50

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 8 so‘mga arzonladi va jami 10 514 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz pasaydi, rubl esa ko‘tarildi.

Qoraqalpog‘istonda Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektrostansiyasi quriladi
4 may 2021, 15:32

Qoraqalpog‘istonda Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektrostansiyasi quriladi

Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi ko‘magida Qoraqalpog‘istonda quvvati 1500 MVt ega shamol elektr stansiyasi quriladi. Mazkur loyiha taxminan 4 mln xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirib, yiliga taxminan 2,5 mln tonna karbonat angidrid gazini qoplashi kutilmoqda.

Mobil aloqa tarmog‘ida iste’molchining roziligisiz reklama ko‘rsatilishi taqiqlanishi mumkin
4 may 2021, 15:17

Mobil aloqa tarmog‘ida iste’molchining roziligisiz reklama ko‘rsatilishi taqiqlanishi mumkin

«Reklama to‘g‘risida» gi yangi qonun loyihasida mobil aloqa tarmog‘i orqali reklama tarqatilishiga faqat iste’molchining roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi, shuningdek taniqli shaxslar va tibbiyot xodimlari ishtirokida giyohvand moddalarni reklama qilishni taqiqlash taklif etilmoqda.

Nurafshonda «aqlli shahar» o‘rniga Business City bunyod etiladi
4 may 2021, 13:52

Nurafshonda «aqlli shahar» o‘rniga Business City bunyod etiladi

Nurafshonda «aqlli shahar» investitsiyaviy loyihasi o‘rniga Nurafshon business city konsepsiyasi amalga oshiriladi. Avvalroq tashkil etilgan direksiya «Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasi» shaklida qayta tashkil etiladi.

24 ta tuman qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi
3 may 2021, 16:52

24 ta tuman qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi

O‘zbekistonning 24 ta tumani qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ushbu sohada 5 mlrd dollarlik 1000 dan ziyod yangi loyihalar shakllantirildi. Yangi turdagi qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish uchun tadbirkorlarga 15 milliard so‘mgacha kafillik beriladi.

Dollarning rasmiy kursi deyarli o‘zgarmadi
3 may 2021, 16:21

Dollarning rasmiy kursi deyarli o‘zgarmadi

Dollarning rasmiy kursi 50 tiyinga arzonladi va jami 10 522 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

2020 yilda Facebook, Google va Apple kompaniyalari O‘zbekistonda qancha soliq to‘lashdi?
3 may 2021, 15:40

2020 yilda Facebook, Google va Apple kompaniyalari O‘zbekistonda qancha soliq to‘lashdi?

2020 yilda Facebook tomonidan O‘zbekistonda deyarli 6 mlrd so‘m soliq to‘langan. Shuningdek, Google — 3,4 mlrd so‘m, Apple — 1,9 mlrd so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lagan.

Farg‘ona NQIZ yana sotuvga qo‘yildi
3 may 2021, 14:52

Farg‘ona NQIZ yana sotuvga qo‘yildi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi yana savdoga chiqarildi. 2019 yilda FNQIZni Indoneziyaning PT Trans Asia Resources kompaniyasi sotib olmoqchi bo‘lgan, biroq kelishuv amalga oshmagan va boshqaruv Jizzakh Petroleum kompaniyasiga berilgan edi. FNQIZ O‘zbekistondagi ikkinchi yirik neftni qayta ishlash zavodi bo‘lib, yillik sof foydasi 19 mln dollarni tashkil etadi.

Uzbekistan Airways 17 ta samolyotini sotadi va Boeing’larni Airbus’larga almashtiradi
3 may 2021, 13:32

Uzbekistan Airways 17 ta samolyotini sotadi va Boeing’larni Airbus’larga almashtiradi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyotlar parkini birlashtirish doirasida bir nechta Boeing avialaynerlarini lizing beruvchiga qaytarib, Airbus samolyotlarini qabul qilib olishni rejalashtirmoqda. 1999−2013 yillarda ishlab chiqarilgan 17 ta samolyot esa sotuvga qo‘yildi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
30 aprel 2021, 16:55

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 14 so‘mga qimmatladi va jami 10 523 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz arzonladi.

O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i importi QQSdan ozod qilindi, eskport cheklandi
30 aprel 2021, 16:53

O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i importi QQSdan ozod qilindi, eskport cheklandi

Prezident o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danaginining importini QQSdan ozod qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Shu bilan birga, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan eksport bojxona bojlari kiritilmoqda.

O‘zbekistonda kamida ikkita yangi aviakompaniya paydo bo‘ladi — transport vaziri
30 aprel 2021, 16:11

O‘zbekistonda kamida ikkita yangi aviakompaniya paydo bo‘ladi — transport vaziri

Yil oxiriga qadar O‘zbekistonda kamida ikkita yangi aviakompaniya tashkil etilishi kutilmoqda, deya ma’lum qildi transport vaziri va Uzbekistan Airways rahbari Ilxom Maxkamov. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyalar allaqachon fuqarolik aviatsiyasi agentligiga ariza topshirishgan va lizing asosida samolyotlarni sotib olish ustida ish olib borishmoqda. Aviakompaniyalardan biri Air Marakanda bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda kriptobirjalarda savdo qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda
30 aprel 2021, 10:24

O‘zbekistonda kriptobirjalarda savdo qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda

O‘zbekiston fuqarolariga kripto-birjalarda kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barcha turlarini milliy va chet el valyutasida amalga oshirishga ruxsat berilishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting