Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 26 aprel soat 10:00 holatida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1865 nafarni tashkil qilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 104 nafar kishida infeksiya tasdiqlangan bo‘lsa, ularning 29 nafari yoki 28 foizi sog‘aygan. Ushbu ko‘rsatkich hududlar kesimida:

  • Andijon viloyatida — 151 ta holat, 56 bemor sog‘aygan (37 foiz);
  • Buxoro viloyatida — 394 ta holat, 210 bemor sog‘aygan (53 foiz);
  • Jizzax viloyatida — 3 ta holat, 1 bemor sog‘aygan (33 foiz);
  • Qashqadaryo viloyatida — 6 ta holat, 4 bemor sog‘aygan (67 foiz);
  • Navoiy viloyatida — 2 ta holat, 1 bemor sog‘aygan (50 foiz);
  • Namangan viloyatida — 183 ta holat, 57 bemor sog‘aygan (31 foiz);
  • Samarqand viloyatida — 43 ta holat, 4 bemor sog‘aygan (9 foiz);
  • Sirdaryo viloyatida — 17 ta holat, sog‘ayganlar yo‘q;
  • Surxondaryo viloyatida — 33 ta holat, 4 bemor sog‘aygan (12 foiz);
  • Farg‘ona viloyatida — 124 ta holat, 52 nafari sog‘aygan (42 foiz);
  • Xorazm viloyatida — 220 ta holat, 61 bemor sog‘aygan (28 foiz);
  • Toshkent viloyati va Toshkent shahri — 585 ta holat, 228 bemor sog‘aygan (39 foiz).

Respublika bo‘yicha jami 707 nafar bemor koronavirusdan to‘liq xalos bo‘ldi.