O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 26 aprel kuni O‘zbekistonda yana 24 nafar bemorning koronavirusdan sog‘ayganini ma’lum qildi.

Jumladan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridan 7 nafardan, Buxoro va Andijon viloyatlaridan esa 5 nafardan jami 24 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sog‘aydi. Ular viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shunday qilib, yakshanba kuni jami 82 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 789 nafarni tashkil etmoqda.