Respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda o‘tgan kunning o‘zida 8,579ta, shu vaqtgacha 242 536ta test sinovlari o‘tkazildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari Bahrom Almatov AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Bugungi kunda epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 81079 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda.

Uy sharoitida 62825 nafar, statsionar sharoitda esa 18254 nafar fuqaro karantinga olingan.

Shu vaqtga qadar 207336 nafar (uy sharoitida 174441 nafar, statsionar sharoitida 32895 nafar) fuqarolar karantindan chiqarildi.