O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 700 kishidan oshdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Farg‘ona viloyatida 22 nafar bemor, Xorazm viloyatida 16 nafar, Qoraqalpog‘istonda 10 nafar va Toshkent shahrida 2 nafar bemor butunlay sog‘ayishdi. Barcha tuzalgan bemorlar sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Sog‘ayganlarning 19 nafari charter reys orqali Turkiyadan, 16 nafari Rossiyadan, 1 nafari Misrdan va yana 1 nafari Praga shahridan kelishgan bo‘lib, karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ular viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Qolgan bemorlar koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirgan.

Hozirga qadar bir kun ichida 86 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 707 nafarni tashkil etmoqda.