24 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1804 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

10:00 holatida esa mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20 nafarga oshib, 1778 kishiga yetgani xabar qilingan edi.

Shu bilan bir qatorda, mazkur infeksiyadan to‘liq sog‘ayganlar 621 nafarga yetdi. Kun davomida bir bemor koronavirus asoratlaridan vafot etib, hayotdan ko‘z yumgan jami bemorlar soni 8 nafarga yetdi.