Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov Toshkentda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar ahvoli haqida ma’lum qildi.

Jumladan, Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 117 bemorning 32 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 74 bemordan 2 nafarining ahvoli og‘ir.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 145 bemordan 45 nafarida pnevmoniya klinik belgilari bor, 5 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanyapti.