Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining qaroriga ko‘ra, epidemiya sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, aholi o‘rtasida ishsizlik oshib ketishining oldini olish hamda byudjet tushumlarini ta’minlash uchun iqtisodiyotning qator yo‘nalishlari faoliyatiga ruxsat beriladi.

Faoliyatiga ruxsat berilayotgan iqtisodiyot tarmoqlari quyidagilar:

  • qurilish materiallari bozorlari, shu jumladan, qurilish materiallarining chakana va ulgurji savdosi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga (maydoni 500 kv.m dan kam bo‘lmagan);
  • yirik ishlab chiqaruvchi sub’ektlarning o‘z mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan hududlardagi tarmoq do‘kon (magazin)lariga (sanitar normasi 10 kv.m ga 1 nafar xaridor tartibi asosida);
  • hunarmand va ustalarga — ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan tashqari alohida joylashgan joyda (do‘kon) sotish faoliyatiga;
  • urug‘ va ko‘chat yetishtirish hamda ularni sotish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub’ektlariga (mulkchilik shaklidan qat’iy nazar);
  • tijorat banklarining ob’ektlardagi shahobchalariga (kassalari);
  • avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub’ektlariga (mulkchilik shaklidan qat’iy nazar);
  • avtomobillar, qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikalariga servis xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga — 1000 kv.m dan kam bo‘lmagan maydonga ega sub’ektlar, shuningdek, vulkanizatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi sub’ektlarga;
  • kimyoviy tozalash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga;
  • notarial idoralar va sug‘urta kompaniyalarini faoliyat yuritishiga;
  • to‘xtab qolgan investitsiya loyihalari va ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish ishlarini davom ettirishiga ijozat berilgani shular jumlasidan.

Koronavirus epidemiyasi sharoitida ushbu korxona va tashkilotlarni, savdo va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni faoliyat yuritishi hamda qator ob’ektlarda qurilish ishlarini davom ettirish sanitariya-epidemologiya talablari asosida belgilangan.

Ushbu talablar quyidagilardan iborat:

  • Korxona yoki tashkilot, qurilish ob’ekti ochiq zonada joylashgan bo‘lsa, albatta atrofini to‘liq o‘rash, begonalar kirishini qat’iyan man qilish;
  • korxona va tashkilotlarga begona shaxslar kirishining oldini olish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘riqlash va boshqa xizmat turlaridan foydalanish;
  • xodimlarni har kuni ishxonadakamida 2 marotaba — ish boshlanishidan avval va ishdan keyin «filtr»dan o‘tkazish, tana haroratini o‘lchash, tana harorati yuqori bo‘lgan yoki kasallik alomatlari bo‘lgan xodimlar aniqlanganda albatta ishdan chetlashtirish;
  • tana harorati yuqori bo‘lgan yoki kasallik alomatlari (quruq yo‘tal, xolsizlik, yuqori harorat, hid sezish qobilyatining pasayishi) bo‘lgan xodimlarni alohidalashtirish uchun tibbiy punktda izolyator tashkil etish;
  • ish kuni boshida yoki yakunida barcha xonalarni dezinfeksiyalovchi vositalar bilan zararsizlantirish, shuningdek, kvars lampalar bilan ishlov o‘tkazish, albatta kun davomida kamida ikki marotaba xonalarni shamollatish;
  • korxonalarda barcha xodimlar uchun qulay bo‘lgan joylarga qo‘llarini dezinfeksiyalovchi vositalar bilan zararsizlantirish uchun yetarli darajada zararsizlantiruvchi uskunalar o‘rnatish;
  • har kuni jamoat uchun umumiy bo‘lgan xonalarni (ovqatlanish, dam olish xonalari, xojatxona) zararsizlantiruvchi vositalar bilan zararsizlantirish ishlarini o‘tkazish;
  • har 2−4 soatda barcha tashqi muhit ob’ektlarini (eshik tutqichlari, vklyuchatel, zina tutqichlari, stol, stullar, tashkiliy texnika) zararsizlantirish uchun yetarli darajada zararsizlantiruvchi uskunalar o‘rnatish;
  • yuvuvchi va zararsizlantiruvchi moddalar, shaxsiy himoya vositasining (niqob va rezina qo‘lqop) 5 kunlik zaxirasini yaratish, tibbiy niqoblarni kamida har 2−3 soatda almashtirish;
  • xodimlarning ish joyida bir-biridan kamida 2 metr masofada muloqot qilishlarini nazorat qilish;
  • barcha xodimlarni to‘liq shaxsiy himoya vositasida (tibbiy niqob
    va rezina qo‘lqop) faoliyat ko‘rsatishini muntazam nazorat qilish, shaxsiy himoya vositalarini ishlatilgandan so‘ng markazlashgan holda yig‘ish
    va ularni utilizatsiya qilish;
  • ba’zi korxonalar xodimlari o‘rtasida yuqori nafas yo‘llari kasalliklarining oldini olish va maksimal darajada muloqotni kamaytirish maqsadida onlayn tarzida ish faoliyatini tashkil etish;
  • xodimlarning ovqatlanishi uchun alohida xona tashkil etish, ish joyida ovqatlanishni taqiqlash, ularning qo‘l yuvish uchun zararsizlantiruvchi uskunalar bilan ta’minlash;
  • xodimlarga karantin vaqtida qulaylik yaratish va ularning erkin holda ko‘chada yurishlarini oldini olish va foydali ish soatlarini oshirish maqsadida markazlashgan xolda ovqat yetkazib berilishini ta’minlash;
  • xodimlarni yotoqxonalar bilan ta’minlash, barcha xodimlar ish joyi
    va yotoqxonalari o‘rtasida piyoda yurishlarini taqiqlash, ularni transport vositalari bilan ta’minlash;
  • jamoa yig‘ilish xonalaridan (chekish xonasi, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, oshxona, majlislar xonasi) foydalanishda cheklov choralarini ko‘rish;
  • agarda korxona va tashkilotda biror nafar xodimda quruq yo‘tal, isitma, holsizlik va shunga o‘xshash klinik belgilar paydo bo‘lsa, zudlik bilan «103» raqamli tez yordamga murojaat qilish.