Prezident 15 iyul kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Sog‘liqni saqlash tizimini tanqid qilib, sohani yaxshilash bo‘yicha bir qator topshiriqlar berdi.

Ushbu topshiriqlarning qanday ijro etilishi bo‘yicha Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi topshiriq fuqarolar o‘zi bezovta bo‘layotgan holatlar yuzasidan tibbiyot muassasalariga 103 raqami orqali tez yordamga murojaat qilishlarida biron bir bandlik holatlari bo‘lmasligi to‘g‘risida.

«Bundan buyon har bir fuqaromiz «103»ga murojaat qilganda, bandlik holatlari, ayniqsa uzoq vaqt band bo‘lish holatlariga mutlaqo chek qo‘yiladi», — dedi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.

Иккинчи topshiriq — tez tibbiy yordam xizmatini yana kuchaytirish. Bu borada tegishli malakali tibbiyot xodimlari, tibbiy texnika vositalari va transport vositalarini yanada ko‘paytirish, aholiga qulay tez yordam ko‘rsatish vazifasi qo‘yilgani ma’lum qilindi.

«Bundan buyon 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda zudlik bilan tez tibbiy yordam avtomashinalari tegishli xodimlar bilan yetib borishi to‘liq ta’minlanadi», — deya ta’kidladi Bosh prokuror.

Uchinchi topshiriq fuqarolar test namunalarini o‘z vaqtida olish va ularning javoblarini imkon qadar zudlik bilan чиқаришga tegishli.

«Test namunalari tahlillarini uzog‘i bilan ertasi kuniga (test topshirgandan so‘ng — tahr.) chiqarib berish va javoblarni murojaat qilgan fuqarolarimizga o‘z vaqtida yetkazish choralari ham ko‘riladi», — deya qayd etdi u.

Shuningdek, Nig‘matilla Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, prezident videoselektr yig‘ilishi davomida bergan eng asosiy topshiriqlardan biri тиббий dori-darmonlarga, tibbiyot vositalariga bo‘lgan ehtiyojni to‘laqonli qondirish bo‘lgan. Bu borada, 15 iyul kuni prokuratura organlari tomonidan Toshkent shahridagi mavjud 1700dan ortiq dorixonalar rahbarlari rasman ogohlantirilgani ma’lum qilindi.

«Koronavirusdan profilaktika qilish uchun 5 turdagi va kasallikni davolashga mo‘ljallangan 9 turdagi majburiy tartibdagi dori vositalarini kamida 1 oy, yoki 2−3 oylik zaxirasini to‘liq ta’minlash va ularni arzon narxlarda aholiga sotish tartibi ham joriy qilindi», — deya ta’kidladi Bosh prokuror.

Eslatib o‘tamiz, 15 iyul kuni yuqorida qayd etilgan yig‘ilish davomida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga va sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani uchun hayfsan e’lon qilingandi.