14 iyul kuni O‘zbekistonda 494 holatda koronavirus qayd etilib, jami 14085 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi holatlarning 303 tasi karantin muassasalarida, 191 tasi aholi orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Shuningdek, bugun Andijon, Navoiy, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 297 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 14085 nafar bemordan 8327 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5691 nafar bemordan 52 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatda uy karantinida 55 657 nafar, statsionar karantinda esa 22 585 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.