16 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14787 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 53 nafari Karantin марказидаги (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 101 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 35 nafari Surxondaryo viloyatida, 17 nafari Қорақалпоғистонда koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 6060 kishi davolanmoqda. Ulardan 60 nafari og‘ir, 7 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 8655 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Bundan tashqari, 15 iyun kuni kechasida COVID-19 asoratlaridan vafot etgan bemorlar soni 72 nafarga yetdi.

Navbatdagi bemor o‘limi Yunusobod tumanida yashovchi 55 yoshli Sh. A. (erkak) bo‘lib, u o‘tkir nafas, surunkali jigar-buyrak hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgani ma’lum qilinadi.

Qayd etilishicha, 12 iyul kuni 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasidan og‘ir ahvolda tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota tuman ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan. Ahvoli o‘ta og‘irligi sababli bemor zudlik bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan hamda sun’iy nafas olish apparatiga ulangan.

«Unga „COVID-19“ infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan», — deyiladi xabarda.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas, surunkali jigar-buyrak hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.