15 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14293 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 75 nafari Karantin марказидаги (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 71 nafari Toshkent shahrida hamda 62 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 5898 kishi davolanmoqda. Ulardan 51 nafari og‘ir, 6 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 8327 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.