Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara Urinbayeva Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti vafot etgani va unda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanganini ma’lum qildi.

Xabarda Adliya vazirligi jamoasi Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti Adhamjon Dexkanovning koronavirus infeksiyasidan bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

«Adham Dexkanov haqida faqat iliq fikrlar qoldi. Ko‘p yillar malakali huquqshunos sifatida xalq xizmatida bo‘lgan, asosan huquq tartibot idoralarida faoliyat yuritgan, prokuratura tizimi uchun qator islohotlarda ishtirok etgan Adhamjon Dexkanov 2018 yilning dekabr oyidan Davlat xizmatlari agentligi sohasiga kirib keldi, tizimda yoshlarga murabbiylik qildi», — deyiladi xabarda.

Sog‘liqni saqlash vazirlini tomonidan e’lon qilinadigan COVID-19 o‘limlari statistikasida bu holat qayd etilmagan.

Avvalroq, Ichki ishlar vazirligining matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov vafot etgan yana bir nafar IIV xodimi koronavirus infeksiyasi aniqlanganini «Gazeta.uz» ga tasdiqlagandi. Uning o‘lim holati ham SSVning statistikasida qayd etilmagan.