15 iyul kuni O‘zbekistonda 496 holatda koronavirus holati aniqlanib umumiy ko‘rsatkich 14581 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi holatlarning 200 tasi karantin muassasalarida, 291 tasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 5 tasi aholi orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 15 iyulda 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Jizzax hamda Farg‘ona viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 328 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 14581 nafar bemordan 8655 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5855 nafar bemordan 51 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.H

Hozirdamamlakatda uy karantinida 57 500 nafar, statsionar karantinda esa 21 738 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.