16 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14991 (+204) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining 44 tasi karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 126 tasi Toshkent shahrida (shundan 87 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 39 tasi aholi orasida), 34 tasi Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

️Ayni paytda mamlakatda 8655 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

️Hozirda 6263 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.