Saudiya Arabistoni rasmiylari valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon tashabbusi bilan amalga oshirilgan kelajakdagi eng yirik shaharlar loyihasi Neom`ga nisbatan kutilmalarini pasaytirdi, deb yozmoqda Bloomberg.

Neom — Saudiya Arabistonining shimoli-g‘arbiy qismida qurilishi rejalashtirilgan 1,5 trln dollarlik futuristik majmua. U The Line shahri, Oxagon barqaror ishlab chiqarish markazi, Trojena tog‘ kurorti va Sindalah orol kurortini o‘z ichiga oladi.

Ar-Riyod 2030-yilga borib ulkan osmono‘par binoga joylashtirilishi rejalashtirilgan 170 kilometrlik qurilayotgan The Line shahrida 1,5 mln kishi yashashiga umid qilgandi. Biroq, Bloomberg manbasiga ko‘ra, endi rasmiylar uning soni 300 ming kishidan kam bo‘lishini kutmoqda.

The Line loyihasi. Foto: Neom.

The Line Qizil dengiz sohilida joylashgan bo‘lishi aytilgan. 2030-yilga borib, 170 kilometrlik loyihaning atigi 2,4 kilometri qurilishi kutilmoqda. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, pudratchilardan biri allaqachon uchastkada yollangan ishchilarning bir qismini ishdan bo‘shatishni boshlagan.

Agentlik manbalarining ta’kidlashicha, Line uchun sarf-xarajatlar qirollikning suveren jamg‘armasi Neom`ning 2024-yilgi budjetini hali tasdiqlamagani sababli kamaytirilmoqda.

“Trillionlab dollar sarmoya kiritishning moliyaviy voqeligi Saudiya hukumatida eng yuqori darajada xavotir uyg‘ota boshladi, chunki u qirollik iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli tashabbus — Vision 2030 dasturini amalga oshirishga harakat qilmoqda”, — deb yozadi Bloomberg.

Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Neom loyihasining boshqa qismlari ustida ish davom etmoqda, biroq Line`ning umumiy maqsadlari o‘zgarishsiz qolmoqda. Shunday qilib, Sindalah kurorti joriy yilda ochilishi kutilmoqda.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Neom`ning hozirgacha asosiy muvaffaqiyati yashil vodorod ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha qiymati 8 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan loyihani ishlab chiqish bo‘ldi. Agentlikning qayd etishicha, Saudiya Arabistoni neft sotishga qaramligini kamaytirish uchun dunyodagi eng yirik vodorod yoqilg‘isi ishlab chiqaruvchilardan biriga aylanishga intilmoqda.