Toshkent viloyati Parkent tumani So‘qoq va Qiziltog‘ qishloqlariga tashrif buyuruvchilar ko‘payishi munosabati bilan 4R15 yo‘lining bir qismida harakat bir tomonlama tashkil etiladi, deya xabar qildi viloyat IIB YHXB.

Qayd etilishicha, tirbandliklarni oldini olish maqsadida 10−11−12−13-aprel kunlari 4R15 Qiziltog‘ shahri-Parkent shahar-Yangibozor qishlog‘i avtomobil yo‘lining 44- va 48-kilometr oraliqlarida transport vositalarining harakati bir tomonlama tashkil etiladi.

Ushbu o‘zgarishda So‘qoq dam olish maskaniga borgan haydovchilarimiz uchun ushbu yo‘lning 48 kilometrida Parkent shahriga avtomobil harakati to‘liq cheklanadi va Toshkent shahriga 4R16 Bardanko‘l qishlog‘i-Jumabozor qishlog‘i-Qiziltog‘ shahri avtomobil yo‘li orqali qaytishlari mumkin bo‘ladi.