Toshkent shahrida “Sen dunyoga keraksan” ko‘ngillilar jamoasi Ramazon oyida “Yo‘lda iftorlik” aksiyasini o‘tkazdi. 11-martdan boshlangan mazkur loyihada jamoa vakillari poytaxtning turli nuqtalaridagi tirband yo‘llarda yurib, ro‘za tutganlarga iftorlik uchun suv va xurmo tarqatdi. Jamoaning “Gazeta.uz”ga bildirishicha, mazkur loyiha uch yildan buyon Ramazon oyida o‘tkazib kelinmoqda.

Bu yil aksiya davomida 21 mingdan ziyod ro‘zadorga suv va xurmolar tarqatildi. Unda 100 ga yaqin volontyor ishtirok etdi. Yeguliklar uchun mablag‘ jamoaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida keltirilgan bank kartalariga o‘tkazilgan ehsonlar evaziga xarid qilindi.

volontyorлик, рамазон, сен dunyoga keraksan

Bundan tashqari, “Yo‘lda iftorlik” loyihasi doirasida Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi kam ta’minlangan oilalar uchun 100 kishilik iftor dasturxoni yozilib, 15 kg osh damlandi.

volontyorлик, рамазон, сен dunyoga keraksan

volontyorлик, рамазон, сен dunyoga keraksan

volontyorлик, рамазон, сен dunyoga keraksan

volontyorлик, рамазон, сен dunyoga keraksan

Shuningdek, mazkur hududdagi oilalarning 20 nafar kichik yoshdagi farzandlariga velosipedlar ham tarqatildi.

volontyorлик, рамазон, сен dunyoga keraksan

volontyorлик, рамазон, сен dunyoga keraksan

“Sen dunyoga keraksan” loyihasi haqida

Mazkur xayriya loyihasi 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritadi. Asosan, yosh volontyorlardan iborat jamoa turli kasb egalarini bir nuqtaga birlashtirgan. Jamoaning Instagram sahifasida 5 mingdan ortiq obunachisi bor, Telegram`dagi guruhida esa mingdan ziyod a’zosi mavjud.

volontyorлик, рамазон, сен dunyoga keraksan

Ko‘ngillarning so‘zlariga ko‘ra, ular har 2−3 oyda Toshkent shahri va viloyatidagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga ro‘zg‘or mahsulotlari tarqatadi, yilda bir marta “Mehrning bir kuni” aksiyasi doirasida 20 nafar yetim bola uchun poytaxtga tur uyushtiradi. Shuningdek, nogironligi bor shaxslar, obodonlashtirish xodimlari uchun ham turli loyihalarni amalga oshiradi.

“Mazkur jamoa a’zosiga aylanganimga uch yil bo‘ldi. O‘tgan vaqt davomida jamoamiz bilan turli vaziyatlardagi odamlarga mehr va yaxshilik ulashdik, bu men uchun juda ahamiyatli. „Sen dunyoga keraksan“ — turli yoshdagi odamlardan iborat jamoa. Har birimiz har qanday holatda ham ko‘mak ko‘rsatishga tayyormiz. Istalgan ko‘ngilli inson safimizga qo‘shilishi mumkin”, — deydi jamoaning faol a’zolaridan biri Sevara Mirzaraximova.