Amir Temur tavallud topgan kun — 9-aprel kuni va shu kun arafasida deyarli barcha ommaviy axborot vositalarida buyuk sarkarda hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan materiallar e’lon qilinishi an’ana tusiga kirgan. 2024-yil ham bu borada istisno bo‘lgani yo‘q. Xususan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari muassisligidagi gazetalarda Amir Temur va umuman temuriylarga bag‘ishlangan qator maqolalar e’lon qilindi.

Ular orasida avval e’lon qilingan materiallarning ko‘chirmalari ham, izlanuvchilar aniqlagan yangiliklar bayon qilingan yangi maqolalar ham bor. Ularda Amir Temur korrupsiyaga qarshi qanday kurashgani, uning soliq siyosati qanday bo‘lgani, harbiy yurishlar oldidan askarlarga qanday motivatsiya bergani, hozirgi zamon tilida blogerlar deb atash mumkin bo‘lgan shaxslarga qanchalik katta mas’uliyat yuklagani va boshqalar bayon qilingan. “Gazeta.uz” ushbu materiallardan olingan parchalar asosida dayjest tayyorladi.

Amir Temurning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mustaqil izlanuvchisi Davlat Oblaqulovning “Inson va qonun” gazetasi 2024-yil 9-aprel sonida e’lon qilingan maqolasidan parchalar

Temuriylar davrida biz bugungi kunda “korrupsiya” va “poraxo‘rlik” deb ataydigan illatning har qanday кўри­нishlari qoralangan. Unga qarshi kurashilgan va uning uchun javobgarlik belgilangan. Xo‘sh, Amir Temurning markazlashgan davlatida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurashish siyosati qanday bo‘lgan?

Davlat mablag‘ini va davlatga tegishli otlarni talon-toroj qilgan qator yuqori martabali amaldorlar, firibgar va muttahamlar ham jinoiy javobgarlikka tortilib, ularga nisbatan jinoiy jazo tayinlangan. Ayni vaqtda Amir Temur qonuniy ishlagan tadbirkorlarni himoya qilgan…

Yuqoridagi misollarni biz ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning “Kundaligi"dagi qaydlarda ham ko‘rishimiz mumkin. Xususan, Klavixo Amir Temur Samarqand saltanatida boshliq hisoblangan dina, ya’ni dorug‘ani — bosh vazirni Temur safardaligida uning ishonchidan foydalanib, o‘z lavozimini suiiste’mol qilgani uchun (masjid qurishda talon-torojlikka yo‘l qo‘ygan, mansabiga sovuqqonlik bilan qaragan) mol-mulki musodara qilinib, unga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanilganini qayd etadi.

Bundan tashqari, Klavixoning kundaligida dorug‘aning gunohidan 400 kumush tanga evaziga kechishni so‘ragan podshoh a’yonlaridan biri ham o‘lim jazosiga hukm qilinganligi keltiriladi…

Amir Temur davlatda qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxsning javobgarlikka tortilishi shartligini, ya’ni javobgarlikning muqarrarligi prinsipini joriy qilgan. Davlatda sudlarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biror-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmagan va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lgan. Klavixoning yozishicha, pora taklif qilgan shaxs ham tegishli tartibda jinoiy javobgarlikka tortilgan…

Sohibqiron o‘tkazgan qabullardan biri to‘g‘risidagi ma’lumotlar bugungi davrimizgacha saqlanib qolgan. Unda yozilishicha, oddiy dehqonlardan bir guruhi miroblar ishidan norozi bo‘lgan. Negaki, miroblar ariqlarni to‘sib, kim pora bersa, shunga suv ochib bergan, porasiz hech kimga suv bermay qo‘ygan. Amir Temur bu qing‘irlikni odam o‘ldirish kabi og‘ir jinoyat bilan teng, deb hisoblagan. Shu sabab, bu og‘ir jinoyatni ko‘rib chiqishda xolis kishilarni — sayyidlarni chaqirib, ular bilan maslahatlashgan. Ular ishtirokida o‘z nafsiga qul bo‘lgan miroblarga odil hukm chiqarib, aybdorlarni Zarafshon daryosiga tashlab yuborishga farmon bergan ekan…

Umuman olganda, “Temur tuzuklari"dan anglashiladiki, davlat boshqaruvida ochiqlik va hisobdorlik muhim bo‘lgan. Jinoyatlarning sodir etilgani va adolatli jazolar qo‘llanilayotgani haqida xabargirlar saltanatning eng chekka yerlaridan ham muttasil yozma ravishda xabar berib turishi shart edi. Agar xabargir biror sipohiy yoki amaldorning xizmatini yashirsa yoxud yolg‘on xabar yozsa, qilmishi isbotlangach, uning qo‘llari kesilgan. Voqealarni ataylab yozmasalar, xabargirlarning barmoqlari kesilgan. Agarda xabarchilar yolg‘on xabarni tuhmat yoki g‘araz bilan yozgan bo‘lsa, qatl etilgan. Xabarlar kunma-kun, haftama-hafta oyma-oy Amir Temurga yetkazib turilgan. Xabarnavislar har bir sarhad, viloyat va lashkarlarda tayin qilingan hamda ulardan rostlik-to‘g‘rilik talab qilingan.

Soliq siyosati qat’iy tartibga solingan. Xalqdan qo‘shimcha yoki bekor qilingan soliqlarni yig‘ish taqiqlangan. To‘langan soliq miqdorlari yozib borilgan. G‘azna mablag‘larini suiiste’mol qilish yoki qisman o‘zlashtirish holatlarida moliya vaziriga alohida sanksiyalar qo‘llangan.

Amir Temur qat’iy choralarni yirik mansabdorlarga nisbatan ham qo‘llagan. Mansabdorlar tomonidan jinoyatlarga jazo tayinlash alohida nazoratga olingan. Davlat amaldorlarining suiiste’molchiligi va poraxo‘rligi eng xavfli jinoyat hisoblangan. Mansab kishilari qilgan nojoiz ishi uchun, mansabidan qat’i nazar, qonun oldida javobgarlikka tortilgan. Bunday jinoyatlar uchun hatto o‘lim jazosi qo‘llanilgan.

Buyuk ibrat

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ashurali Boymurodning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 2024-yil 5-aprel sonida e’lon qilingan maqolasidan parchalar

“Har bir diyor aholisining ahvolidan ogoh bo‘lib turdim. Har bir mamlakatning ahvolini, sipohu raiyat kayyafiyatini, turmushlarini, xalq-atvorlarini, qilish-qilmishlarini, bular o‘rtasidagi aloqalarni yozib, menga bildirib turish uchun diyonatli, to‘g‘ri qalamli kishilardan voqeanavislar belgiladim”.

Sohibqiron bobomizning yuqoridagi so‘zlari aynan bugungi kunimizga, ma’naviy-ma'rifiy ishlarga juda mosdek, uzoqni ko‘rib fikr qilgandek tuyuladi. Bobomiz uqtirganidek, aynan hozir to‘g‘ri so‘zli, to‘g‘ri qalamli kishilar juda zarur.

“Qayerda tartib va qonun o‘rnatilgan bo‘lsa, men o‘sha yerdaman”

Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazining katta o‘qituvchisi T.Mamatov va SamDTU ftiziatriya kafedrasi o‘qituvchisi N.Mamatova nomidan “Zarafshon” gazetasi 2024-yil 6-aprel sonida e’lon qilingan maqoladan parchalar

Sohibqiron adolatli bo‘lgani uchun unga мusul­монlardan tashqari nasroniylar, zardushtiylar, buдda­вий va boshqa dinlarga mansub kishilar ham sadoqat bilan xizmat qilganligini Ibn Arabshoh o‘z asarida bayon etgan. Amir Temur davlat boshqaruvida adolat chegarasidan chiqib ketmaslik uchun yoniga iymonli ikki nafar vazir tayinlagan hamda ularga qaror қа­buл qilishida fikrlarini bildirish vakolatini bergan. Ular Mahmud Shahob Xurosoniy va Nosiriddin Mahmud al­-Aromiy edi.

Ikkala vazir doim Temur yonida bo‘lib, uning qabul qilgan qarorlarini va harakatlarini nazorat qilgan. Agar Amir Temurning qarori yoki hukmida vazirlarи­dan birortasi adolatsizlik alomatlarini ko‘rsa, darhol qanday adolatsizlik borligini aytgan. Balki shuning uchun ham Amir Temur tuzgan ulkan saltanatda boshqa dinga va boshqa elatga mansub bo‘lgan xalqlar tomonidan unga qarshi isyon ko‘tarilmagan.

Sohibqironning soliq siyosati bugun ham nafaqat yurtimiz, balki dunyo moliya amaliyotida keng qo‘llanadi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori Bahodir Isroilovning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 2024-yil 6-aprel sonida e’lon qilingan maqolasidan parchalar

XIV asrda Amir Temur saltanat tepasiga kelgach, soliq tizimida ham keng islohotlar ŭтказилди. Ushbu davrda aholidan yer (xiroj, mol), jon boshi (juz'ya), miniladigan ҳайвонlar yetkazib berish (uloq), begor majburiyatlari hamda favquloddagi (avariozot) kabi soliqlar undirilgan. Binobarin, Sohibqiron moliya va soliq qonunlarini ishlab chiqishda ŭзidan oldingi hukmdorlar, zamondoshlari tajribasi hamda boshqa mamlakatlar soliq tizimining ijobiĭ jihatlaridan keng фойдalанgaн. Bu, ŭз navbatida, дuнёda nafaqat soliqqa tortish va soliq ma’muriyatchiligi амalиёти, balki ularning nazariyasi rivojiga ham katta xizmat qilgan.

Saltanatda boshqa mamlakatlardan farqli ravishda soliqlarni hisoblab chiqish qoidalari ham joriy etilgan. Masalan, agar dehqon doimiy ariqlar, suv quvurlari yoki oqimlar bilan sug‘oriladigan yerlarga ega bo‘lsa va ana shu suv uzluksiz oqib tursagina, mazkur yerlardan olinadigan daromad uch qismga taqsimlangan. Ya’ni, bunda uchdan ikki qismi yer egasiga qolgan, bir qismi esa soliq sifatida olingan. Agar yer faqat yomg‘ir suvi bilan sug‘orilsa, ikki qismga taqsimlangan, ulardan hosilning uchdan bir qismi yoki choragi soliq sifatida olingan.

Mazkur tartib hozirgi kunda dunyo moliya amaliyotida qo‘llanib kelayotgan yerlarni ball boniteti bo‘yicha soliqqa tortishning nazariy asosi hisoblanadi. Demak, ayni paytda soliq qonunchiligida qo‘llanilayotgan yer solig‘i ball bonitetlari aynan Amir Temur hukmronligi davridan boshlangan va soliqlar stavkasini yerning unumdorlik darajasiga qarab tabaqalashtirish siyosati joriy etilgan.

O‘sha davrda yangi yer o‘zlashtirish ham davlat tomonidan rag‘batlantirilgan. Bo‘z yerga ishlov bergan va uni sug‘organ, unga ko‘chat ekkan yoki qarovsiz yerlarni o‘zlashtirgan dehqon birinchi yili soliqdan ozod qilingan, ikkinchi yili o‘zi qancha xohlasa, shuncha soliq to‘lash huquqi berilgan. Ushbu masala “Temur tuzuklari"da soliqlarni hisoblash va undirish to‘g‘risidagi tartibda: “Kimki biron sahroni obod qilsa, yoki koriz qursa, yo biron bog‘ ko‘kartirsa yoxud biron xarob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili esa (oliq- soliq) qonun qoidasiga muvofiq xiroj yig‘sinlar”, degan huquqiy me’yor belgilab qo‘yilgan.

Sohibqironning soliq siyosatidagi ushbu tartib bugungi O‘zbekiston soliq qonunchiligida ham o‘z aksini zamonaviy asosda topgani kuzatiladi. Xususan, yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 428-moddasi talabiga ko‘ra:

  • qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar — vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;
  • melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan yerlar — vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;
  • yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar, besh yil muddatga yer solig‘idan ozod etiladi…

Bunday adolatli soliq siyosati fuqarolar manfaatiga to‘la mos tushgani ko‘pgina manba va adabiyotlarda o‘z ifodasini topgan. Xususan, D.Logofetning “Buxoro tog‘liklari va tekisliklarida” asarida Amur Temurning soliq siyosati to‘g‘risida quyidagilar bayon etiladi: “Uning hokimiyatida fuqarolarga adolat bilan munosabatda bo‘lishadi… Biz hozir zo‘r berib intilayotgan daromad solig‘i degan narsa uning hokimiyatida o‘shandayoq mavjud edi”.

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Odil Olimjonovning e’tirof etishicha, “Yevropadagi eng yirik va nufuzli davlatlarning qirollari buyuk Temur bilan yaqinlashishga harakat qila boshladi. Masalan, Angliya qiroli Genrix IV Temurni ulkan g‘alabalari bilan qutlab, unga xat yo‘lladi. Karl VI „Buyuk g‘olib va shonli knyaz Timurga“, deb maqtov xati yubordi. Genuyaliklar bobomizga yoqish uchun Konstantinopol yonida Temurning bayrog‘ini ko‘tarib qo‘ydi. Gretsiya hukmdori Manuel harbiy yordam so‘radi. Kastiliya qiroli Don Genrix esa Rui de Gonsales Klavixoni Samarqandga elchi qilib jo‘natdi”.

Qissadan hissa shuki, G‘arb soliqchilarining “bobosi” sanalgan Uilyam Petti “Soliqlar va yig‘imlar haqidagi risola"sini 1662-yilda, Adam Smit “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot"ini 1776-yilda, David Rikardo “Siyosiy iqtisod va soliqqa tortish asoslari” asarini 1817-yilda nashr ettirgan. Olimlarimiz qayd etganidek, ular o‘zlarining mashhur ilmiy ishlarini chop etgan paytda Buyuk Temurni Yevropa allaqachon tanib ulgurgan, “Temur tuzuklari"ni yaxshi bilar edi…

Sohibqiron so‘nggi yurish arafasida nimadan ranjigan edi?

Furqat Ergashevning “Vatanparvar” gazetasi 2024-yil 5-aprel sonida e’lon qilingan maqolasidan parchalar

Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo uzoq va mashaqqatli yo‘l yurib sohibqiron Amir Temur huzuriga yetib kelganda, uning kabi Osiyo va Yevropa mamlakatlaridan kelgan elchilar hukmdorning qabuliga muntazir edi. Jumladan, Xitoy elchilari ham.

Bir necha muddatdan so‘ng ularni qabul qilgan Temur ispan elchilari bilan suhbatlashib, tevarakda turganlarga:

— Ko‘rib qo‘ying, ularni elchi qilib mening o‘g‘lim — Ispaniyaning qiroli yuborgan va u dunyoning narigi chekkasidan faranglar podshohlari ichida birinchi podshohlardandir. Ular haqiqatan ham buyuk xalqdir, men o‘g‘lim — Ispaniya qirolini qo‘llab-quvvatlayman. Sizlarni sovg‘a-salomsiz, nomaning o‘zi bilan yuborsa ham bo‘lardi. Men uning sog‘lig‘ining, ishlarining qay ahvolda ekanini bilsam, shuning o‘zi menga quvonch bag‘ishlar edi, — deydi.

Rasmiy qabuldan keyin ispanlarni sohibqironning o‘ng tomonidagi yuqori joyga o‘tqazadilar. Xizmatdagi mirzolar ularga xitoylik elchidan pastroq o‘rinni ko‘rsatadi. Shunda sohibqiron alohida ta’kidlab, ispan elchilarini teparoqqa o‘tqazib, Xitoy elchisini ulardan pastroqqa o‘tqazishni buyuradi. Hukmdorning amri vojib. Mirzolar ularning joylarini o‘zgartirib, Xitoy elchilariga bu tartibni sohibqironning o‘zi aytganini va bundan buyon doim shunday mavqeda o‘tirishlarini aytadi. “Xitoy elchisiga qanday g‘arazli niyatda kelganini bildirib, kerak bo‘lsa osishlari mumkin ekanini ham tushuntirib qo‘ydi”, deydi Klavixo va Temurning mehmondorchiligini maroq bilan hikoya qiladi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Sohibqiron nimadan ranjigan edi? Bir necha mamlakat elchilari qatnashayotgan ulug‘vor bir qabulda chinliklarga nega bunchalar ochiq tanbeh va tahdid?

Xitoy tarixchisi Vang Chjilay o‘z asarida: “Atrofga qilgan harbiy yurishlar g‘alaba bilan yakunlangandan so‘ng Temur kuchayib ketdi. Shundan keyin u Min sulolasiga itoat qilishdan va Xitoy (Chjungguo)ga soliq (gungfu) to‘lashdan bosh tortdi, shu bilan birga Xitoy elchilarini olib qolib, qaytishga ruxsat bermadi”, deydi. Ikkinchi bir joyda “yuqorida aytib o‘tilganidek, Temur ko‘p marta Min saroyiga soliq to‘lovchi elchilar (gungshi) yubordi. Ularning ayrimlari soliq olib kelish va savdo qilish bilan cheklandi, ayrimlari (Xitoydagi) vaziyatni o‘rganish va ma’lumot to‘plash bilan shug‘ullandi”, deb yozadi.

Aslida, Temurning elchilar yuborishidan maqsadi soliq to‘lash emas, balki ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini yaxshi yo‘lga qo‘yish edi. Chunki u Yevropa qirollariga yozgan xatida shunday degan edi: “Dunyoni savdogarlar obod qiladi, siz tomondan savdogarlar kelsa, biz ularning tinchligini, xotirjamligini kafolatlaymiz, ulardan hech qanday soliq olmaymiz, bizdan borgan savdogarlardan sizlar ham soliq olmanglar”.

Samarqand hukmdori

JDPU chet tillar fakulteti katta o‘qituvchisi Fotima Abdullayevaning “Jizzax haqiqati” gazetasi 2024-yil 9-aprel sonida e’lon qilingan maqolasidan parchalar

Amerika adabiyoti vakili Robert Hovardning Amir Temur shaxsiga bag‘ishlangan “Samarqand hukmdori” asari Sohibqironning ulkan saltanat barpo etishdagi sa’y-harakatlari, yuksak harbiy va insoniy xislatlari, yaratuvchanlik faoliyati haqida ishonarli va to‘lib-toshib hikoya qiladi…

Asarda sulton Boyazidga qarshi jang va amirning Xitoyga yurishi rejalari ham bayon etilgan. Ammo asosiy e’tibor Sohibqironning yaratuvchanlik ishlariga qaratiladi… Bir parchada Samarqand bozori jahon bozoriga aylangani quyidagicha ifodalanadi:

“Bu yerda yovvoyi arablar, bezovta suriyaliklar, semiz laganbardor yahudiylar, salla o‘ragan hindiylar, to‘liqqan forslar, eski uvada kiysa-da qaddini g‘oz tutgan shubhali afg‘onlar, yana bir qancha notanish millat vakillari, Uzoq Sharqdan va sirli shimoldan yetib kelganlar — baquvvat, kalta bo‘yli beparvo mo‘g‘ullar, ipak kiyimli ko‘zi qisiq xitoylar, baland bo‘yli janjalkash uyg‘urlar, yuzi yumaloq qipchoqlar, ko‘zi kichik qirg‘izlar, hatto G‘arbda umuman noma’lum bo‘lgan turli irq vakillari jamuljam edilar. Butun Sharq mamlakatlari Samarqand darvozasiga qarab talpinar edi…”.

Amir Temur qabulida bo‘lgan ritsar Donald Mak Diza u bilan bir safda jangga kirib, qator janglarda ishtirok etadi. U Sohibqironning jasorati va ulug‘ sarkardaligiga ishora qilib: “Daryolar toqqa qarab oqsagina Temur ortga chekinishi mumkin”, deydi.

Napoleon jang san’atini Amir Temurdan o‘rgangan

Namangan davlat universiteti o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Komiljon Fayziyevning “Namangan haqiqati” gazetasi 2024-yil 6-aprel sonida e’lon qilingan maqolasidan parchalar (ushbu parcha aslida Abdulla Oripov va Qulman Ochil o‘rtasida 1996-yilda bo‘lgan suhbatdan ko‘chirma)

O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Amir Temurning sarkardalik mahorati xususida ham qiziqarli ma’lumotlarni keltiradi. “Jahon tarixida, — deйди u, — ilk muntazam armiyani Amir Temur hazratlari tuzgan. Hozir „avangard“ degan atama ishlatiladi harбийlarda. Sohibqiron қŭшinining oldingi saflarida boruvchi maxsus qismini shundaĭ — „obong‘ort“ deb atalgani ma’lum. Akademik Tarlening „Napoleon“ degan kitobi bor. „Kimki, — deydi farang jahongiri Napoleon o‘z marshallaridan biriga, — Amir Temur o‘z-o‘zicha jang qilgan desa, katta xato qiladi. Jahon tarixida ilk muntazam armiyani, qulay taktika va strategiyani Amir Temur ishlab chiqqan…“. Bu — Yevropani tiz cho‘ktirgan Napoleonning gapi. Demak, u ham jang san’atini Amir Temurdan o‘rgangan ekan, degan mantiqiy xulosa kelib chiqadi”.

“Har yerdakim, imoratqa qobil yer ko‘rsa erdi…”

Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Alining “Jadid” gazetasi 2024-yil 5-aprel sonida e’lon qilingan maqolasidan parchalar

Amir Temurning bunyodkorlikka, umuman, obodonchilikka katta ahamiyat berganini uning mashhur “Tuzuklar"idan ham bilsa bo‘ladi. Bu narsa uning uchungina emas, balki butun saltanat uchun ham hayotbaxsh dastur vazifasini ado etadi va saltanat rusumiga aylanadi.

“Amr etdimki, — deydi Sohibqiron, — … xarob bo‘lib yotgan yerlarda korizlar qursunlar, buzilgan ko‘priklarni tuzatsunlar, ariqlar va daryolar ustiga ko‘priklar qursunlar, yo‘l ustida har manzilgohga rabotlar bunyod etsunlar… Katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsunlar, faqiru miskinlarga langarxona solsunlar, bemorlar uchun shifoxona qurdursunlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasunlar. Har bir shaharda dor ul-imorat (saroy) va dor ul-adolat (qozixona) qursunlar…”.

Ushbu so‘zlarning zamirida olam-olam ma’nolar yashirin. Bunyodkorlik saltanatda urfga aylanib, uning hayotbaxsh ta’siri nafaqat Sohibqiron, balki amirzodalar, malikalar, a’yonlar o‘rtasida ham keng tarqaldi. Bu hayotbaxsh urfdan ruhlangan Sohibqiron egachisi Qutlug‘ Turkon oqa, rafiqalari — malikalar Bibixonim va Tuman oqa, kelinlari Gavharshodbegim, Milkat oqa (Shohruh Mirzo xotinlari) kabi va boshqa malikalarning o‘z mablag‘lari hisobiga bunyod etgan shifoxonayu hammom, xonaqohu madrasa, masjidu rabotlari haqida tarixiy kitoblarda batafsil yoritilgan.

Amir Temur va temuriylarning bunyodkorlik ishlari

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti professori, arxitektura fanlari doktori Ahtam O’rolovning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 2024-yil 9-aprel sonida e’lon qilingan maqolasidan parchalar

Temuriylar davri… arxitekturasiga xos bo‘lgan me’moriy binolar davlat mavqei va qudratiga mos mahobatli va munaqqash, go‘zal. Ular kompozitsiyasida me’moriy yaxlitlikka, simmetriya, ritm, me’moriy shakllar va ranglar mutanosibligiga erishildi. Binolarni qurishda bir-biridan ajratgan holda emas, balki ularni turkumlash, ya’ni binolardan tuzilgan go‘zal guldasta (me'moriy majmua) ansambllar yaratildi.

Temuriylar davrida qurilgan har bir bino arxitekturasi, asosan, besh qismdan — bino kursisi, peshtoq, bino vujudi, imorat tarzi burchaklaridagi minorasimon burj (guldasta)lar va bino qismlarining badiiy tugallik shakllaridan tuzilgan. Ana shu xususiyat temuriylar davrida qurilgan deyarli barcha binolarga xosdir. Yana bir xususiyat — bino peshtoqidan kirilgach, tarxi kvadrat yoki bo‘ylama o‘qli to‘g‘ri to‘rtburchakli ichki hovli bo‘lishidir. Faqat maqbaralar bundan mustasno.

Buning sababi shuki, issiq va quruq iqlimli mamlakatlardagi imoratlar hovlisi soya-salqin bo‘lishi hayotiy ehtiyojdir. Ichki hovlida quyosh chiqqandan to botgunga qadar hovlining uch tarafida soya bo‘lishi ta’minlanadi. Soyaning kattaligi va davomiyligi ertalabdan tushgacha va tushdan so‘ng kechgacha oshib borib, hovlida nafaqat quyuq soyani, balki salqinlikni ham ta’minlaydi. Iqlimi issiq bo‘lmagan mamlakatlarda esa bunga ehtiyoj yo‘q. Bundan tashqari, ichki hovli imorat ichki muhitining atrof chetdan mutlaq xoliligini va osoyishtaligini ishonchli tarzda ta’minlaydi. Mana shu sabablarga ko‘ra, temuriylar davri imoratlari ham odatda ichki hovlili qilib qurilgan, desak xato bo‘lmaydi.

Temuriylar davri arxitekturasining me’moriy tipologiyasi va turlari shu qadar kengki, ulargacha Yevropa va O‘rta Sharqning ba’zi mamlakatlari bunyodkorlik amaliyotida bunday bino va inshootlar turlari keng tarqalmagan edi. Xalq salomatligi va gigiyenasini saqlashni ta’minlovchi davolash muassasalari (shifoxonalar, dor ush-shifolar, dorixonalar, hammomlar, garmobalar) hamda so‘lim bog‘-saroylar hududida alohida bino tarzida qurilgan ko‘rgazma uylar fikrimiz dalilidir. Bulardan tashqari, temuriylar davrida shahriston darvozalaridan to uning markazigacha cho‘zilgan uzun, usti yopiq bozor ko‘rinishidagi shahar savdo ko‘chalari ham qurilgan (Samarqandda shaharning Ohanin darvozasi yonidan to Registongacha, Hirotda shahriston darvozalaridan to markaziy chorrahagacha qurilgan usti yopiq savdo ko‘chalari).

Amir Temur bayrog‘idagi uch halqa nimani anglatgan yoxud “Ming askar” jang san’ati haqida

Filologiya fanlari doktori, folklorshunos olim Shomirza Turdimovning “XXI asr” gazetasi 2024-yil 4-aprel sonida e’lon qilingan maqolasidan parchalar

Aqlga bŭйсuнмаgaн dali kuch buzg‘unchilik keltirishi mumkin. Ота­бобоlarимиз bu xatarli ofat zararini yaxshi anglab yetganlar. Shu sababli tan va ruh tarbiyasini uйғuнликda, vobastalikda olib borishgan. “Ming askar” jang san’ati tizimida ana shu uйғuнликning mukammal кŭринishi намоён.

E’tibor bering: uch halqa — 1) ­tong otishi, 2) ­tush vaqti, 3) ­kun botishi. Tumor (halqalar)ning жойлаshuви Amir Temur байроғиdagi uch halqa tasviriga ham mos keladi. Ŭтtiz uch йŭл esa ushbu uch halqa tevaragiga қuёш chiqib botguniga qadar vaqt oralig‘ida bir-­bir жойлашади.

“Ming askar” jang йŭлlarиning tartibi: 1. Tovus tongi. 2. Shamol qilich. 3. Askarlar ŭйini (1). 4. Qanotli pichoq. 5. Tepa кŭз. 6. Soya ŭйин (1). 7. Ёввойи ot. 8. Қŭша таёқ. 9. Qurol ŭйин (1). 10. Olovli йŭл. 11. Askarlar ŭйini (2). 12. Чаён himoyasi. 13. Yaltiroq qilich. 14. Sehrli таёқ. 15. Dovyurak lochin. 16. Yengilmas aso. 17. Қайсар qurol — jabr qurol — қайтар qurol. 18. Zaharli найза. 19. Olovli barxan. 20. Oltin qurol. 21. Қŭша qilich. 22. Bŭри ovi. 23. Askar ŭйин (3). 24. Йилдирим qilich. 25. Qurol ŭйин (2). 26. Qirq оёқ. 27. Temir tirsak. 28. Soya ŭйин (2). 29. Uchar xanjar. 30. Belbog‘ qilich. 31. Askar ŭйин (4). 32. Ajdarho qahri. 33. Toshbaqa — temir qalqon.

Sohibqiron yodidan ruh olgan jadidlar

Buxoro davlat universitetining Jahon tarixi kafedrasi o‘qituvchisi, tarix fanlari doktori, professor Shodmon Hayitovning “Xalq so‘zi” gazetasi 2024-yil 6-aprel sonida e’lon qilingan maqolasidan parchalar

1920−1924-yillarda mavjud bo‘lgan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hukumati istiqbolni o‘ylab, rivojlangan mamlakatlar darajasiga erishish maqsadida o‘z o‘quvchi va talabalarini Olmoniyaga o‘qishga yuborgandi. Xalq maorifi noziri lavozimida ishlab turgan Abdurauf Fitrat xorijga o‘qish uchun jo‘nab ketishlaridan oldin talabalarni otasharava (pozed)da Samarqand shahriga boshlab borib, ularni sohibqiron Amir Temur sag‘anasi oldida tiz cho‘ktirib, qasamyod qildiradi. Afsuski, uning matnini to‘liq holda topa olmadik. Biroq qasamyodda Amir Temur ruhiga sadoqat, Vatanga muhabbat, yuona yurt tuyg‘usi bilan yashash, o‘z millati va xalqini bir nafas ham yoddan chiqarmaslik, xorijdan ilmli, ma’rifatli bo‘lib qaytish, millat ravnaqi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilish kabi maqsad-muddaolar singdirilganiga shubha yo‘q…

Amir Temurning ruhi nafaqat vatandoshlarimizga, balki XX asrning 20-yillarida mustaqillik uchun kurash yo‘liga kirgan qardosh turk xalqining ulug‘ farzandi Mustafo Kamol Otaturkka ham madad va umid bergan. U “Amir Temur haqida yozishmalar"ida Sohibqirondagi ulug‘lik va jasoratni yuksak baholaydi. “Men Amir Temur davrida yashasam, unchalik ish qila olmagan bo‘lardim. Ulug‘ Temur meni davrimda yashasa, mendan bir necha karra ko‘p ish qilgan bo‘lardi”, degan o‘lmas fikrlarni bildiradi.

1922-yilda BXSR elchilari Mustafo Kamolni yorqin g‘alabasi bilan qutlash, Turkiya-Buxoro aloqalarini o‘rnatish uchun Anqaraga tashrif buyurgan. Istanbulda tahsil olgan Buxoro jadidlari vakillaridan Mahmud Rajab va Mahmud Nazar ruhiy madad bo‘lsin deb Mustafo Kamolga oltin dastali qilichlar, sohibqiron Amir Temur davrida kitobat qilingan Qur’oni karimning nodir nusxalaridan birini sovg‘a sifatida olib borgan.

Tarixdan ma’lumki, XX asrning dastlabki o‘n yilliklarida O‘zbekistonda millatparvarlar o‘nlab yashirin va yarimyashirin milliy uyushmalar tuzgan. Shunday uyushmalardan biri “Temur” guruhi deb atalgan. U Qo‘qon shahrida Abdulla Karimov, Lutfullo Olimiy kabi ziyolilar tomonidan tashkil etilib, Farg‘ona vodiysidagi 192 nafar jurnalist va ziyolini birlashtirgan. Ushbu aksilsho‘roviy tashkilot tarkibida Umarxo‘ja Xoliqov, Abdulla Rahmatzoda, Mamatqul Xoldorov, Tolibjon Oxunjonov, Obidjon Hakimov, Vosi Qayumov, Nosir Ergash, Komiljon Qosimov, Muxtor Muhammadiyev kabi maorifchilar, gazeta muharrirlari, tashkilot rahbarlari, maktab mudirlari bo‘lgan.

“Temur” guruhi o‘zining to‘rt yillik (1924−1929) faoliyati davomida milliy mustaqil davlat tuzishdek oliy maqsad sari intildi. Guruh a’zolari istiqlol uchun kurashda bizni Amir Temur siymosi qo‘llab-quvvatlaydi, degan qat’iy ishonch bilan kelajakka boqdilar. Biroq mustabid sovet tuzumi 1929-yil boshlarida “Temur” guruhini fosh etib, ular ustidan shafqatsiz hukm chiqardi.

Adolatni shior tutgan buyuk hukmdor

Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadovning “Xalq so‘zi” gazetasi 2024-yil 9-aprel sonida e’lon qilingan maqolasidan parchalar

Amir Temurning har ish tamalida adolatni ustun qilganligi asrlar osha avlodlar qalbida muhrlanib keladi. Turk respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk Amir Temurga: “Jahonda yashab o‘tgan sarkardalarning eng ulug‘i” deya ta’rif bergani ham bejiz emas.

Tarixiy manbalarda Amir Temur har jang oldidan askarlar maoshini ortig‘i bilan berib borgani haqida ma’lumot beriladi. Agar bu islohot mohiyatini tahlil etsangiz, homiylik va saxiylik ortida kuchli iqtisodchi bo‘lgan sarkardaning moddiy rag‘bat kuchi, oldindan berilgan mas’uliyat qat’iyati va motivatsiya qudratiga qaratilgan siyosati turadi…

Sohibqiron taxtga chiqqanidan so‘ng, birinchi navbatda, mamlakat taraqqiyotining asosi bo‘lmish ta’limga katta e’tibor qaratdi. O‘sha davrning asosiy ta’lim dargohlari bo‘lgan maktab va madrasalarga vaqf mulklari ajratish orqali ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatladi…

Sohibqiron o‘zi barpo etgan imperiyada osoyishtalikni saqlash bilan birga, iqtisodiyotni yuksaltirish va elning turmush farovonligini yaxshilashga alohida e’tibor berdi. Bunda eng samarali usul — mamlakatda ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi, taraqqiy etishi uchun imkon, sharoit va muhit yaratib berishida ko‘rindi. Bugungi kunda davlatimiz rahbarining yuksak iqtisodiy tafakkuri, ishlab chiqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashi, bu borada yaratib berayotgan sharoitlari ulug‘ ajdodimiz islohotlariga hamohang ekanining yaqqol dalilidir.

Ulkan tog‘ qarshisida yoki xazinalar qulfi nega ochilmayapti?

Yozuvchi Hakim Sattoriyning “Hurriyat” gazetasi 2024-yil 3-aprel sonida e’lon qilingan maqolasidan parchalar

Sohibqiron bobomiz haqidagi ma’lumotlar turli ko‘rinishlarda, salmoqli ko‘lamda bizgacha yetib kelgan. Endi asosiy vazifa xuddi somon g‘arami ichidan oltin ignani izlab topgandek, tarixiy dalillarni vaqt va ilm talabidan kelib chiqib, saralash va keng jamoatchilikka tarix haqiqatini hayot haqiqati bilan uyg‘unlashtirib, jamoatchilikka yetkazishda qolgan. Dunyo tafakkur ahli Amir Temurdek muhtasham zotning hayoti va faoliyatiga juda katta qiziqish bilan qarab kelgan va bu qiziqish aslo so‘ngan emas. Zamona zayli hozirgi milliy ziyolilar bu boradagi asosiy mas’uliyatni zimmalariga olishini shart qilib qo‘ydi, chunki bu borada eng adolatli va to‘kis gapni Sohibqironning vatandoshlari aytishi farz va qarz. Albatta, bu yo‘nalishdagi yumushlar hayot qadar davom etaveradi, ilm-fanning mantig‘i shuni taqozo qiladi.

Demak, yumushning qanchalik dolzarbligi, muhimligi aniq, qilinayotgan va qilinajak ishlar ana shu mezonlar bilan baholanadi. Masalan, hazratning tarjimai holi yuzasidan har bir dalil olamshumul tarixning bir qismi sifatida izchil mantiqiylikka asoslanishi, har bir holat atroflicha dalillanishi, ya’ni qahramon shaxsiyatining mantig‘i yaqqol namoyon bo‘lishiga xizmat qilishi bor gap. Bir holat: qadimda ham, undan keyin ham, hozir ham bu zot kimligiga qiziqish katta bo‘lganini dunyoning eng yirik tillarida turli janrdagi asarlardan, xalq kitoblaridan, og‘zaki ijod namunalaridan bilish mumkin. Endi oddiy savol tug‘iladi: ana shu xazina tasniflanganmi? Yoki bir yo‘nalishdagi asarlar qiyosiy o‘rganilganmi? Va, nihoyat, eng oddiy mantiqiy savol: hazrat Sohibqironning mukammal tarjimai holi yaratildimi?

Agar bu savollarga “insof mahkamasi” talabi bilan javob beriladigan bo‘lsa, hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar navbatda turganligi ma’lum bo‘ladi. To‘g‘ri, o‘tgan yillarda bu borada ancha ishlar amalga oshirildi, tarixiy, badiiy, hujjatli-xronologik, sahna asarlari yaratildi, ko‘plab maqolalar e’lon qilindi, ilmiy ishlar yuzaga keldi (hatto bu holdan esankirab qolgan ba’zi qitmir kishilar “Temurchi ko‘payib ketdi” degan gap ham chiqardi). Albatta, bunday ommaviylik yaxshi, qalam ahlining o‘z faxrli ajdodiga mehrini, birinchi navbatda munosabatini yozuvda ifodalaganini qutlash lozim. Lekin masalaning bir nozik tomoni — turli uydirma-yu to‘qimalardan asl tarixiy haqiqatni ajratib olishning murakkablashib ketishi, hatto mohiyatdan uzoqlashishning ko‘zga tashlangani bo‘lib qoldi. Ba’zan hammabop, jahonshumul mavzuda asosiy maqsad bir chetda qolib, o‘z shaxsini yoki bilimdonligini, hatto fidoyiligini ko‘z-ko‘z qilish, oldinga surish hollari ham uchradi.

Ana shunday sharoitda tarixiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish yo‘qligi ba’zan pand bergani ham rost. Masalan, bir-ikki yil oldin bir xorij reklama agentligi ochiqchasiga tuhmat bilan chiqdi. Yoki Go‘ri Amir xilxonasining ochilishi bilan bog‘liq voqealarni turli rakurslardan qiyshiq talqin qilish davom etmoqda. Yoki Sohibqironning Rusga yurishi, Yildirim Boyazid bilan to‘qnashuvini izohlashda o‘sha davr sharoitini hisobga olmaslik, bugunning talablari bilan voqelikka baho berish hollari uchramoqda. Shuningdek, Xitoy yurishini turli manfaatlar chig‘irig‘ida aylantirishga zo‘r berish ko‘zga tashlanmoqda. Insof bilan aytganda, bundan yetti asr oldin o‘tgan voqealarni hozirgi mezonlar bilan baholash, o‘z manfaatidan kelib chiqib yondashish, umuman, ma’rifiylikka to‘g‘ri kelmaydigan holat.