Qashqadaryo viloyatida Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi 5 ming AQSh dollarini pora sifatida olganida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga xabar qildi.

Qayd etilishicha, 8-aprel kuni soat 16:10 larda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan yengillik qilib berish evaziga 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari boshlangan.