dayjest

Toshkentda bahorgi qor bo‘roni — suratlarda

Payshanba kuni ertalab kuchli qor bo‘roni Toshkent aholisini hayratda qoldirdi. Yarim soat ichida shahar qor bilan qoplandi. Ko‘rish darajasi biroz vaqtga yomonlashdi. Svetoforning ishlamay qolgani sabab ayrim chorrahalarda tirbandlik yuzaga keldi. Ba’zi joylarda daraxtlar qulab tushdi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.


dayjest

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

15−20-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.


dayjest

Farg‘ona viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etdi. Yer silkinishi Andijon viloyatining ayrim tumanlarida ham sezildi.


dayjest

Prezident bokschi Isroil Madrimovga Tahoe sovg‘a qildi

WBA chempionligini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimovga prezident sovg‘asi — narxi 1,04 mlrd so‘m bo‘lgan Tahoe avtomobili topshirildi.


dayjest

Prezident Sirdaryoga ketayotib muftiy bilan Ramazon oyi haqida suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga poyezdda bordi. Yo‘l-yo‘lakay O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan Ramazon oyi, uning fazilatlari, bu oyni yuksak darajada o‘tkazish va muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash haqida suhbatlashdi.


dayjest

Prezident Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga boradi

Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga boradi. Tumanda tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlar orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.


dayjest

Davron Hidoyatov Chirchiq shahri hokimi lavozimidan ketadi

Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tishi kutilmoqda. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shu munosabat bilan unga chopon va faxriy yorliq topshirdi.


dayjest

Dunyoda bolalar o‘limi tarixdagi eng past darajaga yetdi — BMT

BMT hisobotida aytilishicha, 2022-yilda dunyoda besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi soni tarixiy eng past darajaga yetgan, biroq o‘sish, ayniqsa, qashshoq mamlakatlarda sekinligicha qolmoqda.


dayjest

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sherzod Rahimov Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. U tayinlovga qadar Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan.


dayjest

Toshkent aeroporti Varshavadan ilk reysni qabul qildi (+foto)

LOT Polish Airlines Polshadan O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Varshavadan ilk reys 14-mart kuni tongda Toshkentga yetib keldi. Parvozlar haftada 3 marta amalga oshiriladi. Uzbekistan Airports rahbari Javlonbek Umarxo‘jayev buni Yevropa bilan havo aloqalarini o‘rnatishda muhim qadam, deya atadi.


dayjest

Prezident rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga e’tibor qaratmagani va pastga tushib ishlamaganini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda joylardagi rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga e’tibor qaratmaganini, Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Sayxunobod tumani hokimi va uning birinchi o‘rinbosari shu sababdan lavozimidan ozod etilganini ta’kidladi.


dayjest

O‘zbekiston BMTga a’zo davlatlar bilan ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi ishtiroki bo‘yicha tajriba almashishdan manfaatdor

Senat raisi Tanzila Narbayeva BMT minbarida ayollar o‘rtasida, ayniqsa, qishloqlarda STEM ta’limini targ‘ib qilish, hududlarda raqamli tafovutni bartaraf etish va diskriminatsiyaga uchraganlarga huquqiy yordam berish haqida so‘zladi. U MO mamlakatlarida gender tengligi bo‘yicha yondashuvlar ishlab chiqilganini aytdi.


dayjest

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Regulyator iqtisodiyotda talab va taklif mutanosibligiga erishish bo‘yicha noaniqliklar va inflyatsiyani oshiruvchi kutilmalarning saqlanib qolayotganini qayd etdi.


dayjest

Mahallalarga mini traktor va motokultivatorlar olib beriladi

Prezident Sayxunoboddagi 19 ta mahallaga 1 tadan mini traktor, 4 tadan motokultivator olib berilganini ma’lum qildi. Hokim yordamchilari agronomlar bilan birga ushbu texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydash va ekin ekish xizmatlarini ko‘rsatadi. Bu tajriba butun respublikada ommalashtiriladi.


dayjest

Qirg‘iziston O‘zbekistondan 100 ta avtobus sotib oladi

O‘sh shahri hokimligi Samarqand avtomobil zavodidan (SamAuto) 100 dona Isuzu SAZ LE-60 yo‘lovchi avtobusini xarid qiladi. Xarid O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.


dayjest

Raqamli texnologiyalar vaziri maktablardagi internet va kompyuter masalasi haqida gapirdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistondagi deyarli barcha maktablarda internet tarmog‘iga ulanish uchun optik tolali va radiorele aloqa liniyalari mavjudligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, liniyalarni kompyuterlar bilan jihozlash masalasi esa budjetdan ajratiladigan mablag‘ga bog‘liq.


dayjest

Prezident o‘rmonlarda yong‘in chiqarganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash bo‘yicha qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev yong‘inlar profilaktikasi bo‘yicha qonunni imzoladi. Hujjat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish orqali yong‘in chiqishiga sabab bo‘lganlarga alohida ma’muriy javobgarlik belgilash nazarda tutilgan.


dayjest

“Madaniyat sohasida iqtisodiy manfaatdorlik abgor ahvolda” — Ozodbek Nazarbekov

O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov sohani to‘liq raqamlashtirish va iqtisodiy manfaatdorlikni yaxshilash zarurligini aytdi. “Bu ikki masala butunlay yechim topsa, shundan keyin soha g‘oyaga ishlaydi”, — dedi u. Unga ko‘ra, sohada sifatni ta’minlashda iqtisodiy manfaatdorlik ham muhim omil hisoblanadi.


dayjest

Alisher Qayumov O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning Singapurga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Alisher Qayumov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. U bunga qadar Germaniyadagi elchixonada maslahatchi bo‘lib ishlab kelayotgandi.


dayjest

Qashqadaryo daryosidan qum-shag‘al qazib olingani sabab tabiatga 41,5 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Ekologiya vazirligi tomonidan Qarshi tumani hududidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olish bilan bog‘liq ikkita holat aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori jami 41,5 milliard so‘mdan ortiq deb baholanmoqda.


dayjest

Fevralda aholining inflyatsion kutilmalari pasaydi

O‘zbekistonda fevral oyida aholining inflyatsion kutilmalari pasaydi. Aholi va tadbirkorlar eng ko‘p valyuta kursi o‘zgarishi hamda yoqilg‘i va energetika narxi oshishidan xavfsiramoqda.


dayjest

Toshkent viloyati deputatlari hududning bir qismini “Yangi Toshkent"ga o‘tkazishni ma’qulladi

Toshkent viloyati deputatlari viloyatning ikki tumani hududining bir qismini poytaxtning “Yangi Toshkent” tumaniga o‘tkazishni ma’qulladi. Belgilanganidan 8,51 gektar ko‘proq yer ajratildi.


dayjest

O‘zbekistonda fevral oyida avtomobillar savdosi 20,4 foizga qisqardi

Fevral yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda barcha turdagi avtomobillar savdosi oy davomida 20,4 foizga, yillik hisobda esa 6,3 foizga qisqardi. Yengil avtomobillarga bo‘lgan talab 14 foizga kamaydi.


dayjest

Toshkent aeroporti Aviatsiya xavfsizlik xizmati nazoratchisi pora berishga sheriklikda aybdor deb topildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi Toshkent xalqaro aeroportidagi Aviatsiya xavfsizlik xizmatining sobiq nazoratchisini 2 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U 2000 dollar evaziga fuqaroni ushbu xizmatga ishga joylashtirishga va’da bergan.


dayjest

Qirg‘iziston parlamenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi

Qirg‘iziston parlamenti Rossiyaning xorijiy agentlar haqidagi qonuniga o‘xshash “xorijiy vakillar to‘g‘risida"gi rezonansli qonun loyihasini muhokamasiz ma’qulladi. Loyiha xalqaro tashkilotlar, huquq himoyachilari va jurnalistlar tomonidan tanqid qilindi.