Fevral oyi yakuni bo‘yicha O‘zbekiston aholining inflyatsion kutilmalari ketma-ket ikkinchi oy pasaydi, deya xabar berdi Markaziy bank. Aholi keyingi 12 oyda narxlar o‘rtacha 13 foizga (yanvarga nisbatan -0,1 foiz) oshishini, tadbirkorlar esa 12,7 foizga oshishini kutmoqda.

inflyatsion kutilmalar, inflyatsiya

Eng pessimistik inflyatsion kutilmalar Samarqandda qayd etilgan. Hudud aholisi inflyatsiya 15,8 foiz (+1,1 foiz) darajasida bo‘lishini kutmoqda, biroq biznesning prognozlari 16 foizgacha (-1,1 foiz) yaxshilangan. Toshkent shahri aholisi va tadbirkorlik subektlari ham narxlar o‘sishining yuqori sur’atlarini kutmoqda — 15,7 foiz (+1 foiz) va 15,1 foiz (+0,4 foiz). Sirdaryo viloyatida ham kutilmalar yuqori bo‘lib turibdi — 13,8 foiz (+0,3 foiz) va 13,4 foiz (+1,3 foiz).

Eng optimistik kutilmalar Qoraqalpog‘istonda: aholi orasida 9,7 foiz (-1,5 foiz), tadbirkorlik subyektlari orasida esa 9,6 foiz (-1,7 foiz).

inflyatsion kutilmalar, inflyatsiya

Valyuta kursinining o‘zgarishi fevral oyidagi so‘rovlarda ham narxlarning oshishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omil sifatida qolgan: aholi o‘rtasida — 56 foiz (yanvarda 55 foiz edi), tadbirkorlar o‘rtasida 59 foiz (57 foiz).

Aholi o‘rtasida keyingi 12 oyda narxlarning oshishiga yoqilg‘i va energiya narxining oshishi ta’sir qiladi, deb hisoblovchi respondentlar ulushi sezilarli oshdi — 54 foiz (49 foiz).

inflyatsion kutilmalar, inflyatsiya

Biznes ham inflyatsiyaga yoqilg‘i va energiya resurslari (49 foiz, yanvarda 43 foiz edi), kommunal xizmatlar narxi (37 foiz, yanvarda 35 foiz edi), transport xarajatlari oshishi (35 foiz, yanvarda 33 foiz edi) narxlarining oshishiga eng ko‘p ta’sir qiladi, deb hisoblamoqda.

Oy davomida pensionerlarning keyingi 12 oy davomidagi inflyatsiyaga nisbatan kutilmalari ijobiy tarafga o‘zgardi, ular narxlarning o‘rtacha 13,2 foizga (yanvarda 15,2 foiz edi) oshishini kutmoqda, tibbiyot sohasi xodimlarining prognozlari esa 12,8 foizdan 15,5 foizgacha yomonlashgan.

inflyatsion kutilmalar, inflyatsiya

Inflyatsion kutilmalar daromadlari 10−15 mln so‘m (13,9 foizdan 14,2 foizgacha) va 15 mln so‘mdan yuqori (15,9 foizdan 16,1 foizgacha) bo‘lgan aholi guruhlari orasida o‘sishda davom etmoqda. Qolgan daromadli pastroq guruhlarda narxlarning oshishi bo‘yicha kutilmalar pasaygan.