14-mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari bilan tanishadi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, tumandagi mahallalardan birida prezident raisligida tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.