dayjest

“Qizlarning o‘qib, oliy ma’lumotli bo‘lishi butun jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladi” — prezident

Prezident 8-mart bayrami munosabati bilan xotin-qizlarga yo‘llagan murojaatida oila baxti, farzandlar kamoli hamda butun jamiyat ravnaqi uchun ayollar va qizlarning ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi muhimligini ta’kidladi.


dayjest

Poytaxtdagi sanoat korxonalari Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi

Prezident Toshkent viloyati tumanlari rahbarlarining sustkashligini, bu yerda savdo, yer-suv, transport-tranzit imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayotganini tanqid qildi. Yig‘ilishda viloyatdagi tuman va shaharlarning “o‘sish nuqtalari” belgilandi.


dayjest

Dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi

O‘zbekistonda 7−8-mart kunlari havo harorati ko‘tarilishda davom etadi. Dam olish kunlari esa havo o‘zgarib turadi, ba’zi hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.


dayjest

Bugundan barcha “metan zapravka"lar ochiladi — Energetika vazirligi

Bugun, 7-martdan mamlakatdagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari ochiladi. Energetika vazirligi tabiiy gaz bosimining me’yoriy sxemaga qaytganini ma’lum qildi.


dayjest

Qashqadaryoda ketma-ket ikkita kuchsiz zilzila qayd etildi

Mirishkor tumanida soat 00:33 va 00:34 da 4,4 hamda 4,6 magnitudali zilzilalar qayd etildi. Ularning sezilish kuchi 2−3 balni tashkil etdi.


dayjest

2024-yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2024-yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi.


dayjest

O‘zbekistonda taroveh namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 10-mart, yakshanba kuni taroveh namozining hududlarda o‘qiladigan vaqtlarini e’lon qildi.


dayjest

Nukusda aholi noroziligiga qaramay, futbol maydonchasi o‘rnida ko‘p qavatli uy qurilmoqda

Nukus shahrining “Gulzor” mahallasida aholi noroziligiga qaramay, futbol maydonchasi o‘rnida turar joy binosi qurilishi boshlandi. O‘tgan yili shahar hokimligi ushbu mahallani namuna sifatida ko‘rsatgandi.


dayjest

11-martdan Toshkent metrosining yangi 2 ta bekati yo‘lovchilar uchun ochiladi

Dushanbadan Yer usti halqa yo‘lining Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) bekatlari yo‘lovchilar uchun ish faoliyatini boshlaydi. U yerda sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) poyezdlar harakati qariyb 2 oy oldin boshlangandi.


dayjest

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi — Reuters

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi Ramazon oyi oldidan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni almashish bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qoldi, anklavdagi gumanitar vaziyat esa yomonlashishda davom etmoqda, deb yozdi Reuters.


dayjest

Respublikachi Nikki Heyli AQSh prezidentligi uchun kurashdan chiqdi

Donald Trampning partiyadagi yagona raqibi Nikki Heyli prezidentlik poygasini tark etishini ma’lum qildi. Ammo u hozirda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka yagona nomzod bo‘lib qolayotgan Trampni qo‘llab-quvvatlamadi.


dayjest

O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi elchisi TIV boshqarma boshlig‘i bo‘ldi

O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi elchisi Qahramon Shokirov o‘z missiyasini yakunladi. U TIV markaziy apparati boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi.


dayjest

Farg‘onada Cobalt 5 nafar piyodani urib yubordi, ulardan 2 nafari halok bo‘ldi

Dang‘ara tumanida Cobalt haydovchisi yo‘l chetida ketayotgan 5 nafar piyodani urib yubordi. Oqibatda 2 kishi voqea joyida halok bo‘ldi, 3 kishi shifoxonaga yotqizildi.


dayjest

Toshkentdagi shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari yagona tarifga o‘tadi

20-martdan Toshkentdagi shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari yagona tarifga o‘tkaziladi. Yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lov qiladi.


dayjest

Ilzat Kasimov investitsiyalar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Ilzat Kasimov investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.


dayjest

O‘zbekiston Beliz bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

O‘zbekiston va Beliz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi. Markaziy Amerikada joylashgan Beliz O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 147-davlat bo‘ldi.


dayjest

16−18-mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

16−18-mart kunlari (shanba, yakshanba va dushanba) O‘zbekistonda Navro‘z arafasida an’anaviy umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi tadbir “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkaziladi.


dayjest

O‘zbekistonning BMTdagi yangi doimiy vakili tayinlandi

Eldiyor Toshmatov O‘zbekistonning Jenevadagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili bo‘ldi. Bungacha u Senat raisi kotibiyati rahbari bo‘lgan.


dayjest

Beshta viloyatdagi tez yordam xizmatlariga 70 ta Volkswagen Caddy avtomobili topshirildi

Respublika tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpog‘iston, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Farg‘ona viloyatlaridagi filiallariga 70 ta Volkswagen Caddy avtomashinalari berildi.


dayjest

“Boqiy Buxoro” nega shahar markazida qurilyapti? Buxoro viloyati bosh arxitektori bilan intervyu

Buxoro markazida “Boqiy Buxoro” madaniy-etnografik parki loyihasini amalga oshirish boshlandi. Uni qurish uchun 32,6 gektar maydonda 29 ta obyekt buzilishi rejalashtirilgan. Hozirda bir qator binolar qisman buzib bo‘lingan. “Gazeta.uz” muxbiri viloyat bosh arxitektori Zuhriddin Muhiddinov bilan suhbatlashdi.


dayjest

Shvetsiya rasman NATOga qo‘shildi

Rasmiy ravishda NATOga qo‘shilgan Shvetsiya Shimoliy Atlantika alyansining 32-a'zosiga aylandi. Harbiy blokka qo‘shilishdan oldin Stokgolm 200 yildan ortiq vaqt davomida betaraflik siyosatiga amal qilgan.


dayjest

1-apreldan issiqlik ta’minoti xizmatlariga QQSning nol stavkasi bekor qilinadi. Bu tariflarga qanday ta’sir qiladi?

Veolia Energy Tashkent 1-apreldan issiqlik ta’minoti xizmatlari (va bir qator boshqa kommunal xizmatlar) uchun QQS bo‘yicha imtiyoz bekor qilinishini eslatib, bu abonentlarning avans to‘lovlariga qanday ta’sir qilishini tushuntirdi.