20-martdan Toshkent shahri va Toshkent viloyati shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkaziladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning rasmiy sahifasida xabar berildi.

Unga ko‘ra, yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yo‘nalishga qarab, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lov qiladi.

Masalan, endilikda “Toshkent — Bekobod — Toshkent” yo‘nalishi yagona tarif narxi 12 000 so‘m, “Toshkent — Xojikent — Toshkent” yo‘nalishi 10 000 so‘m.

Narxlar jadvali:

ўзтемирyo‘lovchi, чипта, шаharларо поездлар
Shuningdek, elektron tarzda (ATTO) to‘lov qilmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilar naqd pulda amalga oshiriladigan to‘lovdan farqli ravishda 500 so‘mga kam to‘laydi.