7-mart kuni Respublika tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpog‘iston, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari filiallariga Jizzakh Auto zavodida yig‘ilgan 70 ta Volkswagen Caddy avtomobillari topshirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tgan yil davomida tez tibbiy yordam markaziga jami 685 dona Volkswagen Caddy avtomashinalari topshirilgan. 2024-yil fevral oyida Respublika tez tibbiy yordam markazi hududiy filiallari avtoparki yana 30 ta ana shunday avtomashinalar bilan to‘ldirilgan.

Shu bilan birga, mart oyiga qadar hududlarga yana 170 ta avtomobil yetkazib berish rejalashtirilgan.