7-mart kuni soat 00:33 va 00:34 da Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida zilzilalar qayd etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

Birinchisining magnitudasi 4,4 (chuqurligi — 11 km, Toshkentdan uzoqligi — 457 km), ikkinchisi — 4,6 (10 km, 464 km) magnitudaga ega edi.

Birinchi zilzila Qashqadaryoda 2−3 ball, Buxoro viloyatida 2 ball, ikkinchi zilzila har ikki viloyatda 2 ball ko‘rinishida sezildi.