O‘zbekiston hududi bo‘yicha 7−8-mart kuni ish haftasining boshida boshlangan havo haroratning asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Dam olish kunlari esa havo o‘zgarib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.

Havo harorati kechalari +5…+10 daraja iliq, kunduz kunlari 7-martda +13…+16daraja iliq, 8-martda 17−20 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Bugun, 7-mart kuni kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertaga hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va kunning ikkinchi yarmida Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

9−11-mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat foni ancha yuqori bo‘lishi saqlanib turadi, kechalari +5…+10 daraja iliq, kunduz kunlari +13…+18 daraja iliq bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 8−9-martda ba’zi joylarda 15−18 m/s gacha kuchayadi, 9-martda ba’zida 22−24 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida 7−8-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9−11-martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 9-martda 12−15 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechalari +5…+10 daraja, kunduz kunlari +13…+18 daraja iliq bo‘ladi.