O‘zbekistonda 16−18-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Hashar “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, ushbu sanalar mos ravishda shanba, yakshanba va dushanbaga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yil mart oyida kechiktirilgan dam olish kunlari bo‘lmaydi, faqat qo‘shimcha dam olish kunlari beriladi. Тўрт kunlik ta’til Navro‘z bayramiga to‘g‘ri keladi. “Gazeta.uz” ilgari mart dam olish kunlari uchun taqvimni e’lon qilgandi.

Undan ko‘zlangan maqsad mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat. Bundan tashqari, shu kuni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yordam ko‘rsatiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil may oyida hukumat hasharlar faqat ixtiyoriy ravishda va hashar ishtirokchilari ishlaydigan tashkilot hududida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik standartlariga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkazilishi mumkinligi to‘g‘risida qaror chiqargandi.