Musulmonlar idorasi Fatvo markazining 2024-yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori qabul qilindi.

Закотniнг tillada nisobi 40 million so‘m etib belgilandi. Kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 40 mln so‘m va undan ortiq pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida beradi.

Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

  • bug‘doydan — 14 ming so‘m;
  • arpadan — 20 ming so‘m;
  • mayizdan — 110 ming so‘m;
  • xurmodan — 180 ming so‘m.

Fidya miqdori esa fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil bo‘ladi.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab, ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr va fidya miqdorini ajratishi mumkin, deyiladi xabarda.