5-mart kuni Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida Cobalt haydovchici 5 nafar piyodani urib yubordi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 27 yoshli haydovchi Cobalt avtomashinasida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida ketayotgan piyodalarni urib yuborgan. So‘ngra daraxtga borib urilib, to‘xtagan.

YTH oqibatda 2 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan, 3 nafari tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.